Uchinchi reyx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"UCHINCHI REYX" (nem. uchinchi imperiya, uchinchi podsholik) — fashistlar Olmoniyasiga natsistlar bergan nom. "U.r." termini uch podsholik haqidagi oʻrta asr mistik taʼlimotiga asoslangan. "Uchinchi" yoki "ming yillik" reyx (dastlabki 2 reyx oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan "Muqaddas Rim imperiyasi" va 1871—1918 y.lardagi Olmoniya imperiyasi hisoblangan) haqidagi afsonada fashizm ijtimoiy taraqqiyotning "yakunlovchi" "oliy" bosqichi deb eʼlon qilingan.

Natsistik Olmoniya bayrogʻi
Uchinchi reyx gerbi, imperiya burguti changalida lavr gulchambaridagi svastika (1933—1945)
Germaniya tarixi
* German qabilalari
* Buyuk Koʻchish
* Muqaddas Rim Imperiyasi
* German ittifoqi
* Shimoliy German Ittifoqi
* German Imperiyasi
* Veymar Respublikasi
* Uchinchi Reyx
* GDR
* GFR (1990 gacha)
* Birlashgan Germaniya

Uchinchi reyx (olm. Drittes Reich, «uchinchi imperiya») — 1933 yil 24 martdan 1945 yil 23 maygacha Olmoniya Imperiyasining norasmiy nomi. Bir qator tarixchilar Olmoniya kapitulyatsiya eʼlon qilgan kun — 8 mayni Uchinchi reyxning qulashi bilan adashtiradilar. Rasman u 23 mayda, Karl Dyonits hukumati qoʻlga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatgan. Shuningdek, natsistik Olmoniya, fashistik Olmoniya, Mingyillik reyx nomlari ham mavjud.

Veymar Respublikasini almashtirish uchun hokimiyat tepasiga Adolf Hitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik partiya keldi. Gitler Uchinchi reyxning faoliyatidagi amaldagi yagona reyxskansleri boʻlgan.

Termin «uch podsholik» haqidagi oʻrtaasrlarning mistik taʼlimotidan olingan. Ushbu taʼlimot nemis milliy adabiyotida keng qoʻllanilgan. Birinchi imperiya oʻrta asrlarda hukm surgan olmon xalqlarining Muqaddas Rim imperiyasi hisoblangan. Uning asoschisi Otton I boʻlgan va u 1806 yilga qadar hukm surgan. Ikkinchi imperiya 1871 yilda asos solingan va 1918 yilda amaliy jihatdan (yuridik jihatdan emas) tugatilgan. Uchinchisi yangilangan, Birinchi Jahon urushidagi magʻlubiyatdan keyin ruhi koʻtarilgan va revolyutsiyalardan hosil boʻlgan yangi milliy Olmoniya boʻlishi kerak edi va u ming yil yashashi kerak edi. Natsistlar terminni oʻng kayfiyatdagi mashhur publitsist Meleren van den Bruk tomonidan nashr etilgan «Uchinchi reyx» kitobidan bevosita olishgan edi.

Saytlar[tahrir]