Farer orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farer orollari — Atlantika okeanining shim.sharqiy qismidagi arxipelag , Daniyanmng muxtor viloyati. Mayd. 1,4 ming km2. Orollarning relyefi zinapoyasimon platodan iborat. Eng baland joyi 882 m. Bazalt lavalari va tuflardan tuzilgan. Qirgʻoqlari tik, ford koʻp. Iklimi subarktika dengiz iklimi, oʻrtacha t-ra fevral da 4°, iyulda 11°. Yillik yogʻin 1500 mm. Oʻtloklar, torfli botqokliklar, vereskzorlar bor. Parranda koʻp. Baliq ovlanadi. Qoʻy boqiladi. Maʼmuriy markazi — TorsXavn. F.o. da 7—9-a.larda kelt qabilalari yashagan. 9-a.dan norveglar koʻchib kela boshlagan. 2-jahon urushiga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlib kelgan.