Luksemburg
| Shior: luksemb.«Mir wëlle bleiwe wat mir sin» «Biz o'zligimizcha qolishni xohlaymiz» |
|||||||||
| Madhiya: Ons Hémécht «Ona vatan» |
|||||||||
| Poytaxt | Luksemburg (shahar) | ||||||||
| Rasmiy til(lar) | nemis, fransuz, luksemburg | ||||||||
| Hukumat | Konstitutsion Rohiblik | ||||||||
|
|||||||||
|
|||||||||
| Maydon | |||||||||
| • Butun | 2 586,4 km² (167-) | ||||||||
| • Suv (%) | 0,00 % | ||||||||
| Aholi | |||||||||
| • 2010 roʻyxat | 502 207 (168- oʻrin) | ||||||||
| • Zichlik | 171/km² | ||||||||
| YaIM (XQT) | 2010- yil roʻyxati | ||||||||
| • Butun | AQSh$ 64,306 mlrd (98-) | ||||||||
| • Jon boshiga | AQSh$128 806 | ||||||||
| Pul birligi | Yevro (EUR) |
||||||||
| Vaqt Mintaqasi | (UTC+1) | ||||||||
| • Yoz (DST) | |||||||||
| Qisqartma | LU | ||||||||
| Internet domeyn | .lu | ||||||||
| Telefon prefiksi | +352 |
||||||||
Luksemburg , rasman Luksemburg Buyuk Gersogligi ( luksemb. Groussherzogtum Lëtzebuerg, ingl. Grand Duchy of Luxembourg, frans. Grand-Duché de Luxembourg, olm. Großherzogtum Luxemburg) g'arbiy Yevropada joylashgan, Belgiya, Germaniya, Fransiya davlatlari bilan chegaradosh davlat. Poytaxti va eng yirik shahri — Luksemburg shahri. 1957 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi a'zosi, 1945 yildan — BMT aʼzosi. Aholisi 1 milliondan kam davlatlardan biri (aholi zichligi 171 kishi/km²). Aholisining asosiy qismi Rim-Katoliklaridir.
Mundarija |
[tahrir] Geografiya
Luksemburg g'arbda va shimolda Belgiya bilan, sharqda Germaniya bilan, janubda Fransiya bilan chegaradosh.
Luksemburg maydoni bo'yicha Yevropa va dunyodagi eng kichik davlatlar qatoriga kiradi — 2686 km² (maydoni Luksemburgning maydonidan kichikroq bo'lgan davlatlar karlik-davlatlar deb ataladi, ba'zida Luksemburgni ham bu ro'yhatga qo'shishadi). Luksemburgning maydoni Fransiyanikidan 213 marta, Belgiyanikidan 12 marta kichik, boshqa tarafdan Lixtenshteyn, San Marino, Andorra, Monako kabi mamlakatlardan sezilarli darajada katta.
Shimoldan janubga 82 km, g'arbdan sharqqa 57 kmga cho'zilgan Luksemburg xududlari Musel (Mozel) va Meuse (Maas, Myez) daryolari orasidan o'rin olgan. Chegara chizig'ining uzunligi 359 km.
Adirli tekisliklar gersoglikning asosiy qismini egallaydi, shuningdek shimoliy chegalari atrofida Ardenn past tog'ligi (eng yuqori nuqtasi Kneiff balandligi — 565 m) joylashgan. Eng past nuqta Musel daryosidagi Sauer chuqurligi — 132 m. Luksemburgda Musel va uning burilishlari Sûre va Ourdan tashqari bir necha kichik (Eisch, Alzette, Pétrusse) Reyn daryosi basseyniga kiruvchi daryolar mavjud. Gersoglikning 1/5 qismi o'rmonlar bilan qoplangan.
Luksemburg mo'tadil iqlim mintaqasida joylashgan, yillik yog'inlar janubda 800mm dan shimolda 1200mm gachani tashkil qiladi; qishi yumshoq, yozda esa havo salqin bo'lib, nisbatan ko'p yog'ingachiliklar ro'y beradi.
[tahrir] Tarix
[tahrir] Demografiya
[tahrir] Iqtisod
[tahrir] Davlat va Siyosat
[tahrir] Administrativ-territorial bo'linishi
Luksemburg uchta tumanga bo'linadi: Diekirch (Dikirsh), Grevenmacher (Grevenmaxer) va Luxembourg. Tumanlar o'z navbatida kantonlarga (jami 12 ta), kantonlar kommunlarga (116 ta) bo'linadi.
Kommunlarning 12 tasi shahar maqomiga ega (ma'lumotlar 2005 yilga tegishli) :
- Luxembourg City - Luksemburg siti - (maydoni 51,46 km², aholisi 76 420 kishi)
- Differdange - Diferdenj - (22,18 km², 19 005 kishi)
- Dudelange - Dadlenj - (21,38 km², 17 618 kishi)
- Echternach - Ichternax - (20,49 km², 4 507 kishi)
- Wiltz - Vilts - (19,37 km², 4 587 kishi)
- Grevenmacher - Grevenmaxer - (16,48 km², 3 966 kishi)
- Ettelbruck - Itelbruk - (15,18 km², 7 364 kishi)
- Esch-sur-Alzette - Ish-sur-Alzet - (14,35 km², 28 000 kishi)
- Diekirch - Dikirsh - (12,42 km², 6 165 kishi)
- Vianden - Vianden - (9,67 km², 1 561 kishi)
- Rumelange - Ryo'meleng - (6,83 km², 4 495 kishi)
- Remich - Remish - (5,29 km², 2 986 kishi)
[tahrir] Hukumat
Luksemburgda davlat idorasining turi — Konstitutsional Rohiblik hisoblanadi. Davlat rahbari - Buyuk Gersog. Konstitutsiyaga binoan ijro etuvchi hokimiyat uning qo'l ostida faoliyat olib boradi. Shuningdek Buyuk Gersog hukumat faoliyatini tartibini aniqlashdan tashqari, qonunlarni tasdiqlaydi, fuqarolik va harbiy mansablarga tayinlaydi, xalqaro kelishuvlarni imzolaydi. Bundan tashqari u Luksemburg qurolli kuchlari yetakchisi hisoblanadi.
Qonunlar 60 kishidan iborat bir palatalik parlament deputatlari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular ommaviy, ochiq saylovlar natijasida 5 yilga saylanishadi. Saylash huquqiga 18 yoshga to'lgan fuqarolar egadir.
Sud tizimi Yarashish sudlari, Tuman sudlari, Konstitutsion sud, Administrativ sud, va Oliy suddan iborat. Asosiy huquqni himoya qilish organi bu Luksemburg Buyuk Gersogligining Politsiyasi. Tumanlarda rahbarlikni komissarlar, kantonlarda - burgmistrlar tomonidan amalga oshiriladi. Kommunlarda esa saylanadigan Kengash mahalliy hukumat hisoblanadi.
