Sovuq urush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Sovuq urush
Sana 5-mart 194626-dekabr 1991
Joy Global qarama-qarshilik
Natija Yevropada "Baxmal toʻntarilishlari",
GDRning GFRga qoʻshilishi,
Varshava bitimining bekor qilinishi, SSSR, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning parchalanishi.
Raqiblar
VBT:

SSSR bayrogʻi SSSR
Flag of Albania (1946-1992).svg Albaniya (1968-yilgacha)
1971-yildan 1990-yilgacha Bolgariya bayrogʻi Bolgariya
Vengriya bayrogʻi Vengriya
GDR bayrogʻi GDR (19551990)
Polsha bayrogʻi Polsha
1965-yildan 1989-yilgacha boʻlgan Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
Chexoslovakiya bayrogʻi Chexoslovakiya


Kuba bayrogʻi Kuba
Xitoy bayrogʻi Xitoy (XXR)
KXDR bayrogʻi Shimoliy Koreya (KXDR)
Angola bayrogʻi Angola
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam
Laos bayrogʻi Laos
Mogʻuliston bayrogʻi Moʻgʻuliston
...

NATO:

AQSH bayrogʻi AQSh
Belgiya bayrogʻi Belgiya
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Olmoniya bayrogʻi GFR (1955-yildan)
Yunoniston bayrogʻi Yunoniston
Daniya bayrogʻi Daniya
Islandiya bayrogʻi Islandiya
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Italiya bayrogʻi Italiya
Kanada bayrogʻi Kanada
Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar
Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
Turkiya bayrogʻi Turkiya
Fransiya bayrogʻi Fransiya (1966-yilgacha)

"Sovuq urush" apogeyidagi (1980-yil) ikki qutbli dunyo.

Sovuq urush — bir tarafdan AQSh va uning ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan SSSR va uning ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy konfrontatsiya.

Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsalar ham, ularning dunyoga taʼsirini oʻtkazish borasidagi raqobat koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzlarining taʼsir doiralarini yaratdilar hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar — NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.

Sovuq urush Uchinchi jahon urushiga olib kelishiga xavf tugʻdiruvchi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikkala tarafdan xalqaro tanglikni "yengillashtirish" va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.

SSSRning bora-bora tehnologik tarafdan ortda qolishi sovetlar iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar ohiri — 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy harajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar oʻtkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mihail Gorbachyov tomonidan eʼlon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yoʻqotishiga va ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa - 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.

Sharqiy Yevropada sovetlar qoʻllovidan mahrum boʻlgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin - 1989-1990-yillarda agʻdariladi. Varshava bitimi oʻz faoliyatini rasman 1991-yil 1 iyulda tugatdi, va shu paytdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin.

Tarix[tahrir]

Sovuq urushning boshlanishi[tahrir]

Sovuq urushning boshlanishi rasman 1946-yil 5 mart kuni, Winston Churchill tomonidan Fulton (AQSh)dagi mashhur nutqi soʻzlangan payt hisoblanadi. Ittifoqdoshlar orasidagi munosabatlarning keskinlashuvi oldinroq boshlangan edi, ammo 1946-yilning martiga kelib bu holat SSSRning Erondan okkupatsion qoʻshinlarini olib chiqishiga noroziligidan kuchayadi. Churchillning nutqi yangi reallikni koʻrsatdi:

Boltiqdagi Shtettindan Adriatikadagi Triestgacha temir parda qitʼa boʻylab choʻzildi. Tasavvurdagi chiziqning u tarafida — Markaziy va Sharqiy Yevropa qadimiy davlatlarining barcha poytaxtlaridir. (…) Yevropaning hamma sharqiy davlatlarida juda kichik holda mavjud boʻlgan kommunistik partiylar hukmronlikka oʻtib, chegarasiz totalitar boshqaruvga oʻtib oldilar. Politsiyali hukumatlar deyarli hamma yerda boshqaruvdalar va hozircha faqat Chexoslovakiyadan tashqari hech qayerda haqiqiy demokratiya yoʻq.

Turkiya va Fors davlatlari ham Moskva hukumati ularga qoʻyayotgan talablar bilan juda taajubga tushganlar. Ruslar Berlinda kvazi-kommunistik partiya yaratishga harakat qildilar. (…) Endi agar sovet hukumati oʻz hududida prokommunistik Germaniyani yaratish harakatini qilsa, bu britan va amerika hududlarida yangi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi va magʻlub nemislarni Sovetlar hamda gʻarbiy demokratik davlatlar orasida boʻlib yuboradi.

(…) Dalillar shunday: bu biz ozod boʻlishi uchun kurashgan Yevropa emas. Bu doimiy tinchlik oʻrnatilishiga kerakli narsa ham emas.

Churchill 30-yillarning xatolarini qaytarmaslikka chaqirdi va ozodlikning qimmati, demokratiya va totalitarizmga qarshi "Xristian sivilizatsiya" uchun turishni, buning uchun esa anglosakson millatlarning ahilligi va birligi kerakligini aytdi.

Bir haftadan soʻng I. V. Stalin "Pravda"ga intervyusida Churchillni Hitler bilan bir qatorga qoʻydi va uni oʻz nutqida Gʻarbni SSSR bilan urushga chaqirganligida aybladi.

1945—1962[tahrir]

Yevropa hududida bir-biriga qarshilik koʻrsatayotgan harbiy-siyosiy bloklar.

Vaqt oʻtishi bilan bloklar qarshiligidagi tanglik oʻzgarib borar edi. Uning eng keskin nuqtasi Koreya urushi yillariga toʻgʻri keladi, uning oqibatida 1956 yili Polsha, Vengriyadagi voqealar va Suets inqirozi kelib chiqadi; Xruschev "iliqligi" kelishi bilan tanglik ozgina yengillashadi, bu ayniqsa 1950-yillarning ohiriga xos; Amerika samolyot-aygʻoqchisi U-2 (1960) bilan bogʻliq janjal yangi tanglikka olib keladi, uning choʻqqisi boʻlib Karib inqirozi (1962) boʻldi; bu inqiroz taasurotida yana yengillashish keladi, ammo u "Praga bahori" bilan buziladi.

1962—1979[tahrir]

Brejnev Xruschevdan farqli ravishda qaltis avantyuralarga kirishmas, hech qanday "tinch" tadbirlarni oʻtkazmas edi; 1970-yillar "xalqaro tanglikni yengillashtirish" deb ataluvchi belgi osida oʻtdi, Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha majlis (Helsinki) va koinotga sovet-amerika birgalikdagi uchish ("Soyuz-Apollon" dasturi) buning mahsullaridir; oʻsha paytda strategik qurollanishni cheklash toʻgʻrisidagi kelishuvlar imzolanadi. Koʻp tarafdan bu iqtisodiy sabablar bilan tushuntirildi, chunki SSSR oʻsha paytdayoq isteʼmolchilik mahsulotlarini sotib olishda ehtiyojni sezdi (bunga esa valyuta kreditlari kerak edi), Gʻarb oʻz navbatida Arab-Isroil ziddiyati keltirib chiqargan neft inqirozi yillarida sovet nefti bilan juda qiziqqan edi.

1979—1985[tahrir]

Yangi keskinlashuv 1979-yili, sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kirishidan soʻng vujudga keldi, sovetlarning bu harakatini Gʻarbda geosiyosiy muvozanatning buzilishi va SSSRning ekspansiya siyosatiga oʻtdi deb qabul qilishdi. Keskinlashuv 1983-yilning kuzida, sovet kuchlari ichida 300 ga yaqin odam bo'lgan Janubiy Koreyaning fuqarolar avialaynerini urib tushirganida oʻz choʻqqisiga yetdi. Aynan oʻsha paytda AQSh prezidenti Ronald Reagan SSSRga nisbatan "yovuzlik imperiyasi" frazeologizmini qoʻlladi. AQSh bu davr mobaynida oʻz yadroviy raketalarini Gʻarbiy Yevropada joylashtirdi va kosmik raketalarga qarshi himoya dasturi ustida ishlashni boshladi; bu ikkala keng koʻlamli dasturlar sovet hukumati tinchini buzdi, SSSRning koinotda qarshilik koʻrsatish uchun mablagʻi yoʻq edi.

1985—1991[tahrir]

"Ijtimoiy plyuralizm" va "umuminsoniy qadriyatlarning sinfiylari ustidan muhimroqligini" eʼlon qilgan Mihail Gorbachyovning hukumat tepasiga kelishi bilan gʻoyaviy qarshilik tezda oʻz keskinligini yoʻqotdi. Harbiy-siyosiy masalada Gorbachyov avvaliga 1970-yillarning "yengillashtirish" xilidagi siyosatini oʻtkazishga harakat qildi, qurollarda cheklashni taklif qildi, ammo kelishuv shartlari ustida qattiq savdolashdi (Reykyavikdagi uchrashuv).

Ammo sovetlar siyosiy tizimining oʻsayotgan inqirozi va neft narhining keskin tushib ketishi tufayli SSSR iqtisodiyotining gʻarbiy tehnologiyalar va kreditlariga qarab qolganligi Gorbachyovning tashqi siyosiy sferada pand berishiga sabab boʻldi. 1988-yilda sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi boshlandi. 1989-yil revolyutsiyalari natijasida Sharqiy Yevropada kommunistik tizimining qulashi sovet blokining likvidatsiyasiga, va shuning bilan birga — "sovuq urush"ning toʻxtatilishiga olib keldi.

Bu vaqtni oʻzida Sovet Ittifoqi halokat yoqasida edi. Dunyo sotsialistik tizimining parchalanuvi neft narhlarining tushishi iqtisodiyot va sanoatning kolossal inqiroziga olib keldi. Mamlakatning chetlarida millatlararo nizolar kelib chiqa boshladi. Moskva ittifoqdosh respublikalar ustidan nazoratni yoʻqota boshladi. 1990-yil martidan 1991-yil dekabrigacha oʻn besh respublika ichidan oʻn uchtasi Ittifoq tarkibidan chiqdi. 1991-yil 26 dekabrda mustaqil Rossiyaning yangi hukumati Ittifoq shartnomasini denonsatsiya qilib, "sovuq urush" tarixida soʻnggi nuqtani qoʻydi.

Tarix oʻzi haqida eslatmoqda[tahrir]

Fayl:Coldwarvic.jpg
Cold War Service Medal — Sovuq urushda gʻalaba qozonganligi uchun medal (AQSh)

2007-yilning boshida AQSh kongressining ikkala palatasiga sovuq urushda qatnashganlik uchun (Cold War Service Medal) yangi harbiy mukofotni tadqiq etish toʻgʻrisida qonun taklif etildi, bu qonun Hillary Clinton boshchiligidagi demokratik partiyalik bir guruh senator va kongressmenlar tomonidan qoʻllab quvvatlandi. Medal bilan 1945-yil 2 sentabridan 1991-yil 26 dekabrigacha AQShning harbiy kuchlarida yoki davlat uyushmalarida ishlagan barchani taqdirlash koʻzlandi.

Havolalar[tahrir]