Avstraliya (davlat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avstraliya Ittifoqi
Commonwealth of Australia
Avstraliya Hamjamiyati davlat bayrogʻi   Avstraliya Hamjamiyati davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Advance Australia Fair
(Royal Anthem: God Save the Queen)
Avstraliya Hamjamiyati Xaritasi
Poytaxt Kanberra
Rasmiy til(lar) Ingliz
Hukumat Hamdo`stlig
 •  Rohib   Qirolicha Elizabet II
 •  Gubernator-General   Michael Jeffery
 •  Bosh Vazir   Julia Gillard
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   1 yanvar 1901
Maydon  
 • Butun 7,682,300 km² (6-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2007 roʻyxat 20,293,325 (52- oʻrin)
 • Zichlik 2/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$642,100 mil. (16-)
 • Jon boshiga AQSh$31,960
Pul birligi AAQShtralian Dollar (Avstralia dollari)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma AS
Internet domen .au
Telefon prefiksi +61


Avstraliya, Avstraliya Ittifoqi (Commonwealth of Australia)— Jan. yarim shardagi davlat, A. materigi, Tasmaniya o. va boshqa orollarda joylashgan. Mayd. 7,682 mln. km2. Axolisi 19 mln. kishi (1999). Poytaxti — Kanberra sh.

Davlat tuzumi[tahrir]

A.— Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. A.ning amaldagi Konstitutsiyasi 1901 y.da qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan — federatsiya. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyat ikki palata-li (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 y. muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 y. muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 y.da yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. A. ning har bir shtati o‘z kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.Tabiati — q. Avstraliya (materik), Tasmaniya oroli. Oʻ

Aholisi[tahrir]

A. hozirgi aholisining aso-siy qismi — Britaniya o.laridan ko‘chib kelganlarning avlodlari — inglizlar, irlandlar, shotlandlar bo‘lib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil eta-di (q. Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar A. aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va b. ham yashaydi. Bir necha yuz o‘zbek bor. Ras-miy tili — ingliz tili. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km2 ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materik-ning sharqiy va jan.-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining — 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.

Tarixi[tahrir]

18-a.gacha A. aborigenlari ib-tidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelgan-lar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788 y.da A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-a.ning 20-y.laridan boshlab A.da qo‘ychilik rivojlandi, 30-y.larda dast-labki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. 19-a.ning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851—61) munosabati bilan ko‘chib keluv-chilar ancha ko‘paydi. Angliya hukumati A. dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilar-ning 1854 y.dagi Evrika qo‘zg‘oloni va b. isyonlar) tazyiqi ostida 1855 y.da ular-ning ko‘pchiligiga o‘zini o‘zi boshqarish xuquqini berishga majbur bo‘ldi. 1901 y. A. dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga — A. Ittifoqiga bir-lashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 y.da unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning jan.-sharqiy qismi), 1-jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qo‘shinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shim.-sharqiy qismi) va Nauru o. (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. 2-jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 y.dan A.— BMT a’-zosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari — libe-ral va agrar (1975 y.dan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi bo‘ldi. Faqat 1949 y.gacha, 1972-75 y.larda va 1983 y.da hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yo‘ldan borish uchun bir qancha tadbir-larni amalga oshirdi. A. hukumati Na-uru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1991 y.da A. bilan O‘zR o‘rtasida diploma-tiya munosabatlari o‘rnatilgan. Milliy bayrami — A. kuni (26 yanvar).

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari[tahrir]

A. milliy partiyasi, 1916 y.da tash-kil etilgan; A. liberal partiyasi, 1944 y.da tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891 y.da tashkil etilgan; A. demokrat-lari partiyasi, 1977 y.da tashkil etilgan. A. kasaba uyushmalari kengashi 1927 y.da tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushma-lari konfederatsiyasiga kiradi.

Xoʻjaligi[tahrir]

A.— yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliya-lar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qo‘rg‘oshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi o‘rinda, 106ko‘mir, rux, mis, marganes, bug‘doy, go‘sht eksport qilishda oldingi o‘rinlardan birida turadi.

Sanoati[tahrir]

A. sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari — kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994—95 y. 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi — G‘arbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Jan. Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shim. hudud)dan qazib olinadi. 1994—95 y. Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshko‘mir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral o‘g‘itlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994—95 y. 6,2 mln. t po‘lat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati ko‘proq eksportga (go‘sht, un, qand-shakar, sariyog‘-pishloq, pivo, vino) moslangan. To‘qimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markaz-lari: Sidney, Melburn, Brisben, Ade-laida, Pert. Vullogong — Port-Kembla, Nyukasl, Jilong , Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

A — yirik yer ega-ligi mamlakati. Foydalaniladigan yer-larning 80% dan ortig‘i yirik yer egalari qo‘lida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Q.x. mahsuloti qiymatining 60% dan ko‘prog‘ini chorvachilik beradi. Qo‘ylar 174 mln., qoramol — 24,1 mln. boshni tashkil etadi. Qo‘ychilikning asosiy r-nlari — jan.-sharqiy va jan.-g‘arbiy sohil; sut yetishtiruvchi r-n jan.-sharqiy sohil, go‘sht yetishtiruvchi r-n mamlakat sharqi va shimoli. Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1,5 mln. gektari sug‘oriladi. Asosiy ekin-lar — bug‘doy (hosili yiliga o‘rtacha 14,3 mln. t) va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, jo‘xori, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda o‘rtacha 3,7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3,7 mln. t. go‘sht, 720 ming t. jun yetishtiradi.

Transporti[tahrir]

1996 y.da avtomobil yo‘llari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yo‘llar — 420 ming km, t.y.— 40,6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari — Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar — Port-Xedlend, Dampir (temir ruda jo‘natish). Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.

Tashqi savdosi[tahrir]

Eksportda q.h. mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27,8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor iste’mol mollari, asbob-uskunalar, neft chet el-dan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — A. dollari.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Davlat kasalxona-laridan tashqari tibbiy xizmat aso-san xususiy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi. Shifokorlar soni 18 ming (721 kishiga 1 shifokor). Shifokorlarni universitetlarning 8 tibbiyot f-ti tayyorlaydi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’-rifiy muassasalari. A. da bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha (har bir shtatda har xil) majburiy ta’lim beriladi. Tub joy aholining 40% savodsiz. Davlatga va xususiy shaxslarga karashli makta-blar bor. Oliy ta’lim — pulli. A.da 26 universitet, 35 kollej bor. Eng yirik oliy o‘quv yurtlari: Sidney, Adelaida, Melburn universitetlari, Adelaida, Melburn texnika in-tlari. Bir qancha akademiyalar, shu jumladan Avstraliya FA, i.t. institut-lari va ilmiy jamiyatlar bor. Eng yirik kutubxonalar: Kanberradagi Milliy ku-tubxona, Sidney universiteti kutubxonasi va b. 107Muzeylar: A. muzeyi (Sidney), Viktoriya shtatining Milliy galereyasi (Mel-burn) va b.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir]

A. da 70 dan ko‘proq kun-dalik gaz. (10 asosiy gaz.ning tiraji — 5 mln. nusxadan ziyod) va 592 boshqa davriy nashrlar chiqadi. Kundalik "Gerald-san nyus piktorial" ("Xabar-noma — Quyosh", 1990 y.dan), "Sidney morning gerald" ("Sidney tong xabar-nomasi", 1831 y.dan) eng salmoqli gaz. lar hisoblanadi. Asosiy axborot agent-ligi — Ostrelian assoshieyted press (1935 y.da asos solingan). 100 radiost-ya va 85 telemarkaz ishlaydi. "Ey-bisi" va "Ey-bi-es" umummilliy teleradio-eshittirish kompaniyasi mavjud. Radio-eshittirishlar 1923 y., teleko‘rsatuvlar 1956 y.dan yo‘lga qo‘yilgan.

Adabiyoti[tahrir]

A. adabiyoti ingliz ti-lida (aborigenlarning o‘z yozuvi yo‘q). 19-a.ning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti ta’sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-y.lardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va b. asos soldi. 1-jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga ko‘maklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Ten-nant, B. Penton va b.lar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik g‘oyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bun-ga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvg‘indagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va b. asar-lar misol bo‘ladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.

Meʼmorligi[tahrir]

A. da me’morlik 18-a. oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-a.ning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida sh.larida to‘g‘ri bur-chakli ko‘p qavatli uylar qurildi. 20-a.ning 20-y.laridan A. me’morligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi (poytaxt Kanberra, 1913—1927, me’mor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (me’mor G. Zaydler), Melburn-dagi olimpiada stadioni (1956) va b. diqqatga sazovor.

Tasviriy sanʼati[tahrir]

A. badiiy mada-niyati ikki ilk asosga ega. Ularning biri aborigenlar san’ati (o‘ymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, g‘orlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvir-lash), ikkinchisi — yevropacha madaniyat. 18-a.ning oxiri — 19-a.ning boshlarida A. tabiatining aynan aniq tasviri (K. Martene, A. L. Byuvelot), hajviy grafi-ka (S.T.Xill) paydo bo‘ldi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida hayotiy rangtasvir milliy maktabi rivojlandi (rassomlar J. U. Lambert, F. Mak-Kabin, N. Kuni-xon, haykaltarosh P. Dadsuel). 20-a.ning 40-y.larida aborigenlarning yangi san’ati vujudga keldi (Namatjir va Pa-rerulya oilalari).

Musiqasi[tahrir]

A. tub joy aholisining musiqiy xalq ijodiyoti oddiy usullar jo‘rligida raqsga tushib, qo‘shiq aytish-dan iborat: cholg‘u asboblari — qayroq, dovul, dijeridu va sh.k. 18-a. oxirla-ridan yevropacha musiqa rasm bo‘la bosh-ladi. 1847 y.da Sidneyda A. Natanning "Avstriya Don Joni" degan birinchi A. operasi sahnalashtirildi. Adelaida, Melburn, Sidney, Brisben, Kanber-ra, Xobartda konservatoriyalar bor. A. musiqa arboblari — kompozitorlardan A. Xill, J. Antil, A. Benjamin, diri-jyor B. Xeynse, skripkachi B. Kimber, xo-nandalar N. Melba, X. Bleyr va b.

Teatri[tahrir]

A. da dastlabki spektakllar 18-a.ning 80-y.larida ko‘chib kelgan yevro-108paliklar tomonidan qo‘yilgan. 19-a.ning 30—40-y.larida Sidney va b. shaharlarda doimiy ishlovchi teatrlar barpo etil-di. Milliy teatrning shakllanishida 20-a.ning 10—30-y.larida adabiy-teatr birlashmalari ko‘mak berdi, ular aso-san mamlakatda yaratilgan pesalarni sahnalashtirdilar (K. S. Prichard, L. Esson, U. Mur, K. Uotson). A.ning "Odd tout", "Independent tietr" yetakchi mil-liy teatrlari tijorat teatrlariga ("Ti-vali" va b.) qarama-qarshi turadi. Yangi teatrlar deb atalgan yarim professional teatrlar ham ishlab turibdi.

Kinosi[tahrir]

Mamlakatda kino ishlab chiqarish 1900-y.da boshlandi. 70-y.larda A. kinoni rivojlantirish federatsiyasi tuziddi. Hujjatli kino ommalashgan. Melburndagi Davlat ilmiy va sanoat tadqiqotlari tashkiloti ilmiy fil-mlar chiqaradi.[1]

Avstraliya (Avstraliya Hamjamiyati) poytaxti - Canberra shahri. BMT a'zosi.


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil