Boltiq dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boltiq dengizi
Baltic Sea map.png
Joylashuvi Simoliy Yevropa
Yuzasi 415 ming km
Oʻrtacha chuqurligi 51 m
Eng katta chuqurligi 470 m
Suv hajmi 21,5 ming km
Qirgʻoq uzunligi1 8000 km
1 Qirgʻoq uzunligini aniq oʻlchab boʻlmaydi.


Boltiq dengizi — Atlantika okeanining bir qismi. Mayd. 419 ming km2. Materik ichkarisiga chuqur kirib borgan. Chuq. 40—100 m, eng chuqur yeri 470 m. B.d.da suv osti balandliklari va botiqlar, Botniya, Fin, Riga kabi qoʻltiqlar, Saaremaa, Ryugen, Gotland, Eland, Bornxolm, Aland kabi katta orollar bor. Okean bilan Eresunn, Katta va Kichik Belt, Kattegat va Skagerrak boʻgʻozlari orqali tutashgan. Qirgʻoqlari asosan qumli pasttekisliklardan iborat, shim.sharqi qoyali. Dengiz tubi qum va gilli balchiqlar bilan krplangan. Botiqlar, qatortepalar va jarliklar koʻp uchraydi. B.d.ga 250 dan ortiq dare (Neva, Gʻarbiy Dvina, Visla Odra va b.) quyiladi. B.d.ning iqlimi moʻʼtadil. Jan.da yanv.ning oʻrtacha t-rasi — 1,1°, iyulniki 17,5°, shim.da yanv.niki — 11,5°, iyulniki 17°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500—600 mm, baʼzi joylarida 1000 mm gacha. Qishda suv yuzasining t-rasi 1—3°, yezda 18—20°. B.d. ning qirgʻoqqa yaqin qismlari noyab.dan apr. oyigacha muzlaydi. B.d. yuzasida suvning shoʻrligi faqat gʻarbida 11%o, boshqa qismlarida 2—3%o dan 6— 8%o gacha. B.d. da seld, chavaqbaliq, anchous, paltus, losos, olabugʻa ovlanadi. Botniya qoʻltigʻida tyulen bor. B.d. Boltiqboʻyi mamlakatlarining eksportimportida va yoʻlovchilar tashishda katta ahamiyatga ega. Antropogen taʼsirlar natijasida ekologik ahvoli yomonlashgan. Asosiy portlari: SanktPeterburg , Tallin, Riga, Liyepaya, Ventspils, Klaypeda, Kaliningrad, Shchesin, GdanskGdinya, Rostok va b. Kurortlardan: Yurmala, Kolobjeg , Ustka va b.[1]


Boltiq dengizi[2] Shimoliy Yevropadagi dengizdir. Skandinaviya yarimoroli, Yevropa qitʼasi va Daniya orollari bilan oʻralgan.

Manbalar[tahrir]


Boltiq boʻyi mamlakatlari

Olmoniya bayrogʻi Olmoniya  · Daniya bayrogʻi Daniya · Latviya bayrogʻi Latviya  · Flag of Lithuania.svg Litva · Polsha bayrogʻi Polsha  · Rossiya bayrogʻi Rossiya  · Filippin bayrogʻi Filippin  · Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya  · Estoniya bayrogʻi Estoniya  ·

</noinclude>