Moskva urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moskva jangidan yoʻnaltirildi)

Moskva urushi - 2-jahon urushi dagi yirik urushlardan biri (1941.30.9 — 1942.20.4). Mudofaada turgan (1941.5.12 gacha) sovet qoʻshinlarining Gʻarb (general-polkovnik I. S. Konev, 10 oktyabrdan armiya generali G. K. Jukov), Rezerv (marshal S. M. Budyonniy), Bryansk (genaral-polkovnik A. I. Yeremenko, oktyabrdan generalmayor G. F. Zaharov) va Kalinin (general-polkovnik I. S. Konev) frontlari shiddatli urushlardan soʻng , olmon qoʻshinlarining "Markaz" armiyalar guruhi (general-feldmarshal F. Bok) hujumini Volga suv omboridan janubroqda, Dmitrov, Yaxroma, Krasnaya Polyana (Moskvadan 27 km narida), Istradan sharqroqda, Kubinkadan gʻarbroqda, Naro-Fominsk, Serpuxovdan gʻarbroqda, Aleksin, Tuladan sharqrokda toʻxtatib dushmanni holdan toydirganlar. 5—6 dekabrda sovet qoʻshinlari qarshi hujumga oʻtib, 1942 yil 7—10 yanvarda butun front boʻylab yalpi hujumga oʻtganlar. 1942 yilning yanvar — aprelida Shimoli-Gʻarbiy (generalleytenant P. A. Kurochkin), Kalinin, Gʻarbiy va Bryansk (general-polkovnik Ya.T. Cherevichenko) frontlarining soʻl qanot qoʻshinlari raqibni magʻlubiyatga uchratib, uni 100—250 km nariga uloqtirib tashlashgan. 2-jahon urushida olmonlar armiyasi ustidan ilk bor yirik gʻalabaga erishilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil