Zargarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zargarlikbadiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolgʻalab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak (zargarlik)|zigʻirak]], sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi. Qimmatbaho toshlar (gavhar, feruza, dur, hatsik va b.)ga ishlov berib, Z. buyumlari (bargak, bibishak, bilaguzuk, bozuband, bozgardon, boldok, buloqi, boʻyintumor, gajak, duotuzi, jevak, jigʻa, zarkokil, zebigar Alisher Navoiyning "Hamsa" asariga ishlangan zarvaraq (Hirot, 149293 yillar; xattot Sultonali Mashhadiy, muzahhib Mavlono Yoriy. Sankt-Peterburg Davlat xalq kutubxonasi qoʻlyozmalar fondida saqlanadi).

Zargarlik: tillaqosh (Toshkent, 1880-yil); Dalvarzintepadan topilgan boʻyin taqinchogʻi (pektoral, milotdan avval 1-asr) don, zulf, isirgʻa, kokil, oyboldoq, osmatuzi, sanchok, tavq, tilla bargak, tilla tuzi, tillaqosh, turunj, uzuk, shokila, qashqarboldoq, halqa kabi) yaratilgan.

Arxeologik topilmalar 3. qadimdan mavjudligini koʻrsatadi. Qad. Misr, Yunoniston, Eron, Xitoy zargarlari Z. buyumlari tayyorlashda marjon, nefrit, kahrabo va b.dan keng foydalangan. Yevropada, ayniqsa, roman va gotika davrida (1215 asrlar) 3. sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarilgan, Z.ning yangi usul va uslublari vujudga kelgan. OʻzRning koʻpgina muzeylarida saqlanayotgan topilmalar respublika hududida (YunonBaqtriya podsholigi, milotdan avval 3—2-asr; Qadimgi. Xorazm, asosan, milotdan avval 1ming yillik oʻrtalaridan mil.Xorazmda zargarlarning obrosi bõlgan va xurmat qilingan. 8-asr gacha) Z. rivoj topganini koʻrsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qoʻqon, Shahrisabz va b. shaharlarda Z. rivojlangan. 19-asr oxiri 20-asr boshida oʻziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan xilmaxil Z. buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari toʻplamlari vujudga kelgan. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelayotgan 3. sanʼati 20 -asr boshlarida inkirozga yuz tutdi, xalq ustalarining soni qisqara boshladi. Ustalarga qimmatbaho xom ashyolardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmadi. Z. fkalarida ijod qilgan ustazargarlar ish jarayonida astasekinlik bilan mavjud anʼanalardan yiroqlasha bordilar. Natijada ular tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning shaklishamoyili oʻzgarib "eklektik" manzarani yuzaga keltirdi va baʼzi anʼanalarni butkul yoʻqolishiga olib keddi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Z. sanʼati jonlandi. Qimmatbaho metall materiallardan foydalanishga imkon yaratildi.

Ijod qilayotgan ustalar, asosan, 2 yoʻnalishda: mahalliy Z. unutilib borayotgan, anʼanalarni qayta tiklash va anʼanaviy zamonaviy uslubda Z. buyumlari yaratish ustida ijod qilmoqdalar. Anʼanaviy Z. buyumlari — tumorlar, isirgʻalardan "uch koʻzacha", "oy boldoq", "er bidor", "qashqarboldoq" va b. yaratildi. Ustalardan Dadamuhamedovlar sulolasi, G. Yoʻldosheva, R. Muhametshin, M. Nozirxonov, Sh. Nizomov, I. Olimov, G. Tosheva va boshqalar Z. anʼanalarini oʻrganish, rivojlantirish va yangi yoʻnalishlarni kashf etish borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa Z. maktablarning ayrim chizgilari birbiriga uygunlashtirilib, yangi zamonaviy Z. buyumlari yaratilmoqd-asr A. Ulumbekovaning "Ayol" (1998), "Afrika" (1999), "Baliqcha" (1999); E. Gostevning "Parvoz" (1998) asarlari, R. Muhametshin ijodiy namunalari ("Hayot daraxti", 1993;Bilaguzuklar: ilon shaklidagi bilaguzuk (Baqtriya, mil. av. 3-asr); soatli bilaguzuk (20-asr).

"Togʻ irmogʻi", 2001) oʻzining bezakdorligi, tasvirining nozikligi hamda xalq sanʼatining mumtoz namunalari asosida yaratilishi bilan farqlanadi. Hoz. kunda usta — zargarlar bilan bir qatorda bir necha birlashmalar — "Fonon" va "Kumush" birlashmasi, "Hyp" davlat Z. markazi, "Musavvir", "Us t a zoda" kabi markazlar ham ichki bozorni Z. buyumlari bilan toʻldirmoqda. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasining tashabbusi bilan Toshkentda 2001-yil aprelda "Zargarlik — 2000", 2002-yil aprelda "Zargarlik — 2002" xalqaro koʻrgazmalari namoyishi oʻtkazildi. Ushbu koʻrgazmada koʻpgina davlatlarning zargar ustalari oʻz asarlari bilan qatnashdi (yana qarang Zargarlik sanoati); 2) bozorda zargar ustalarning doʻkonlari joylashgan rasta yoki mahalla. Ad.: Faxretdinova D. A., Yuvelirnoye iskusstvo Oʻzbekistana, T., 1988.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil