Xususiyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xususiyat — biror narsa va hodisaning boshqa narsa va hodisadan farqini yoki ularning umumiyligini kursatib turuvchi xossalari, jihatlari va belgilari. X. narsalarning uzaro taʼsir va munosabatlari jarayonida uzini namoyon etadi. Xossa X.ni bilishda pogʻona boʻlib xizmat qiladi. X. barcha narsaga tegishli bulib, uziga xos va umumiy, asosiy va asosiy bulmagan, zaruriy va tasodifiy, tabiiy va sunʼiy va sh.k. xossalarga ajratiladi. X. narsalarning ichki mohiyatini belgilab, inson ongiga boglik boʻlmagan holda mavjud. Har qanday X. nisbiydir. Narsa va hodisalar X.larini oʻrganish ularning sifatini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi.