Zulf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zulf — 1) ayollarning ikki chakkasidan tushirib qoʻyilgan soch tutami, jamalagi; 2) ayollarning ziynat buyumi; gajak kabi chakkaga taqiladi. Tilla yoki tilla suvi yugurtirilgan kumush plastinkadan yasalgan taqinchoq. Uz. 8—9 sm, naqshlangan naychadan iborat boʻlib, ikki uchiga qubbacha, plastinka qirgʻogʻiga shokila (simlarga oʻtkazilgan marvarid) lar oʻrnatiladi. Qizlar, kelinchaklar ikki chakkadagi bir tutam sochlarini (baʼzan qirqib) 3. dan oʻtkazib, ilmogʻidan sochlariga osib qoʻyadilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil