Kontent qismiga oʻtish

Boʻrtma naqsh

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Boʻrtma naqsh — badiiy naqsh turi. Naqqoshlik, yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, zardoʻzlik, miskarlik va zargarlikda qabariq shaklda boʻrttirib ishlanadi. Naqsh ustalari boʻrtma naqshni binolar, madaniyat saroylarini bezashda keng qoʻllamoqdalar (masalan, Toshkent toʻqimachilar saroyi). Samarqandda boʻrtma naqsh, Buxoroda naqshi munabbat deb yuritiladi.[1]

  1. "Boʻrtma naqsh" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil