Dalvarzintepa
Dalvarzintepa — soʻnggi jez davriga mansub qishloq harobasi (mil. av. 10—8-asrlar). Chust madaniyatinit eng yirik yodgorligi. Andijon viloyatining Oyim qishlogʻi yaqinidan topilgan. D.ning 6000 m2ga yaqin qismi ochilgan (1966). 2,5 m dan 3,5 m gacha madaniy qatlam 3 qurilish qavatiga boʻlinadi. Har bir qavatidan uy-joy qoldiklari, jez quyish ustaxonalari, gʻalla oʻralari, mehnat qurollari topilgan. Biroq uylar kam ochilgan vayetarli oʻrganilmagan. Madaniy qatlamda tashlandiq uy-joylar oʻrnida yon tomoni bilan gʻujanak holda yotgan bir qancha murdalar, koʻp miqdorda alohida suyaklar topildi. Bular D.da yashagan kishilar antropologik jihatdan yevropeoid irqqa mansub boʻlganligini koʻrsatadi. Aholining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik va chorvachilik boʻlgan. Donni qayta ishlash uchun yorgʻuchoqdan foydalanilgan. Topilgan hayvon suyaklari aholi uy hayvonlarining barcha turini parvarish qilganligini koʻrsatadi. D.da jez quyish ishi ancha rivojlangan. Jezdan qilingan oʻroq, iskana, bigiz, igna, nayza, oʻqning uch qismi va zeb-ziynat buyumlari uchraydi. D.dan topilgan temir pichoq va temir parchalar qad. Fargʻona aholisi metall bilan ancha erta tanish boʻlganligini koʻrsatadi. Topilmalar orasida toʻqimachilikning ancha taraqqiy etganligidan darak beruvchi materiallar (jez igna, bigiz, urchuq va b.) bor.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |