Rossiya milliy kutubxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rossiya milliy kutubxonasi, M.Ye. SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasi — RFning eng qad. universal kutubxonasi; jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri. SanktPeterburg shahrida 1795 yilda Imperator ommaviy kutubxonasi va kitob xazinasi sifatida asos solingan. 1814 y. 2(14) yanvarda omma uchun ochilgan. 1917 yildan Rossiya kutubxonasi, 1925 yildan ommaviy kutubxona, 1992 yildan hozirgi nomida. 1932 yilda M.Ye.SaltikovShchedrin nomi berilgan. 1811 yildan mamlakat nashrining majburiy nusxasini oladi (shu tufayli 19-asr rus kitobi va davriy nashriningtoʻliqtoʻplamiga ega). 1914 y. fondida 2 mln.dan ziyod nashriy asarlar boʻlgan. 1998 yilda 32 mln.ga yaqin kitob birligiga yetgan. Nodir nashrlar fondida Volterning shaxsiy kutubxonasi (7 mingdan ziyod), Behzod ijodiga mansub miniatyuralar, qoʻlyozmalar (300 mingdan ziyod; jumladan, Oʻrta Osiyoda yaratilgan koʻplab qoʻlyozmalar) saqlanadi, ular orasida toshplita, daraxt poʻstlogʻi, papirus, pergament, ipak va bdagi yozma yodgorliklar mashhur.

Kutubxonaning fan sohalari va nashr turlari boʻyicha 28 ta qiroatxonasi, bibliografik maʼlumotnoma nuqtalari, markaziy maʼlumotnoma kutubxonasi bor. Kutubxonaning boy fondini yorituvchi kataloglar, yangi kitoblar haqida axborot byulletenlari nashr etiladi, bibliografiya va kutubxonashunoslik, kitob tarixi sohasida yirik ilmiy metodik va i.t. ishlari olib boriladi. Kutubxona klassitsizm va ampir uslubida qurilgan koʻhna binoga joylashgan (meʼmorlar: 1796—1801, Ye.T. Sokolov; 1828—32, K.I.Rossi; 18961901, Ye.S.Vorotilov va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil