Bolgʻalash
Qiyofa
Bolgʻalash — metallarga bolgʻa va bosqonlarda zarb va bosim bilan ishlov berish usullaridan biri. Qizdirilgan metallga bolgʻa (yoki bosqon)da koʻp marta uzlukli zarba berilsa, u deformatsiyalanib, asta-sekin maʼlum shakl va oʻlchamni oladi. Metall buyumlarni koʻplab va seriyalab ishlab chiqarishda shtamplarda bolgʻalash usuli qoʻllanadi. Bolgʻalashda choʻktirish (kirishtirish), choʻzish, tekislash, yoyish, teshish jarayonlari bajariladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Bolgʻalash" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |