Dur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dur, inju (xitoy tilidan) — 1) mollyuskalarning mantiya terisida sharsimon yoki notoʻgʻri shaklda paydo boʻladigan mahsulot. D.ning tarkibi chigʻanoqlar tarkibidan farq qilmaydi va asosan kalsitdan iborat. Juda oz miqdorda suv, organik va b. moddalar boʻladi. Eng yirik va yuqori sifatli D.lar iliq suvli okeanlarda hamda chuchuk suv hdvzalarida yashaydigan Pteria va Margaritana deb ataladigan ikki tavaqali mollyuskalarda topilgan.

D.ga har xil ranglari bilan jilolanib turadigan konsentrik tuzilishdagi marvarid qatlamlari xos boʻladi. Tabiatda pushti rang yoki sargʻish oq, baʼzan qora rangdagi, kaptar tuxumidek keladigan D. eng qimmatbaho hisoblanadi. D. Bahrayn orollari, Qi-zil dengiz, Yaponiya, Shrilanka, Avstraliya qirgʻoqlari yaqinida va b. joylarda yashovchi mollyuskalardan olinadi. Rossiyaning Murmansk viloyati, Uzok, Sharq, Xitoy, Shimoliy Amerika atroflaridagi dengizlarda ham D. bor. D.ning tabiiy zahiralari ozayib ketganligi sababli 20-asr boshlaridan sunʼiy yoʻl bilan koʻpaytirilmoqda (maxsus havzalar va oqib yuruvchi katta idishlarda koʻpaytiriladi. Buning uchun yosh chigʻanoqlarning mantiya terisi sirtiga mayda sharsimon qum zarralarini joylashtirib, taxminan 10 yil davomida boqib yiriklashtiriladi). Bu usul hozir Yaponiya va Xitoyda keng qoʻllaniladi; 2) zeb-ziynat buyumi. D.ning yirik va mayda (marvarid) donalari taqinchoqlar (tillaqosh, isirgʻa, uzuk, toʻgʻnogʻich va boshqalar)ni bezashda ishlatiladi. Shuningdek, saralab olingan yirik D.lardan ipga tizib tayyorlangani (munchoq) boʻyinga taqiladi. D. qadimdan zargarlikda keng foydalanilgan, qimmatbaho metallar (oltin, kumush va boshqalar)dan tay-yorlangan buyumlarga qimmatbaho toshlar bilan birga qadalgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil