Qashqarboldoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qashqarboldoqhalqa shaklidagi isirgʻa turi (qarang Boldoq). 18-asrda Fargʻona vodiysiga Qashqardan koʻchib oʻtganlar keltirgan. Q.ning mahalliy anʼanalarga yaqinligi uni tez tarqalishini taʼminlagan. Oltin va kumushdan tayyorlanadigan halqaning quyi qismidan oʻrtasigacha nozik sim (gulli) panjaralar ishlanib, markazi mayda zigʻirak (yoki mayda marvarid) lar bilan gulshakllar hosil qilib toʻldiriladi, baʼzan feruza koʻzlar, oltin yaproqchalar bilan boyitiladi.

Halqaning quyi qismidagi panjarasimon guli hilol (yangi oy)ni eslatadi. Q.ning chiroyli shakli, nafis shabaka gullari, tilla va marvaridlar jilosi, zargarona ishlanishi buyumga jozibadorlik baxsh etadi. Bezaklarni turli shakl va hajmda ishlab, buyumning yangi koʻrinishlari yaratiladi.