Sovotkori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sovotkori, sovodkori — amaliy sanʼat {kandakorlik, zargarlik)da bezak yaratish usuli. Bezatilayotgan buyum sirtiga oʻyma naqshlar ishlanadi, oʻyiqlarga mis va qora qoʻrgʻoshin (zargarlikda, shuningdek, bir oz oltin va kumush ham) aralashtirib olovda qaynatib tayyorlanadigan qora modda — sovot surtiladi, soʻng pardozlanadi. Pardoxtangandan soʻng yuzada qoramtir tusli jozibador naqshlar hosil boʻladi. Baʼzan siyohi deb ham ataladi.