Tavq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tavq (arab.qushlar boʻynidagi halqa) — zargarlik buyumi; ayollarning boʻyniga taqiladigan taqinchoq. Tillabargak bilan ansambl hosil qiladi. T. bosma usulida 4 yaprokli gul va handasiy naqshlar bilan bezatilgan hamda laʼl, shisha va boshqa koʻzlar qadash uchun uyachalar hosil qilingan toʻrtburchak shaklidagi yaproqchalar va ularning oʻrtasi (markazi)da joylashgan shokilalar bilan bezatilgan yulduzsimon yoki gul shaklidagi turunjdan tuzilgan. Orqa tomonining yuzasiga nafis oʻsimliksimon naqshlar tushirilgan. T.ning oʻzaro biriktirilgan yaproqchalarining atrofi durlar qatori bilan hoshiyalangan. Qadimdan 20-asr boshigacha Samarqand ustalari yaratgan quyma T.da qushning boʻrtma shakli aniq yaratilgani kuzatiladi, ularga turli shakldagi shokilalar (yulduz, hilol bilan yulduz shakli, baʼzan tanga) osilgan. Davrlar oʻtishi bilan shakli butunlay oʻzgarib ketgan. Baʼzan uni xaf a band deb ham ataydilar.