Nefrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nefrit (yun. nephros — buyrak; N.ning mayda toshlari buyrak shaklida boʻlganligidan qadimda oʻsha toshlar buyrakni davolash xususiyatiga ega deb ishonganlar, nomi shundan) (geologiya da) — mineral, tremolit-aktinolit qatoridagi amfibollarning mikrotolali turi, Sa2 (Mg, Fe), [Si4Ou]2(OH, F)2. Juda ingichka tolalari chigallashib ketgan agregat qolida uchraydi. N.ning qovushqrkligi va qattiqligi chigal tolali agregatlari mikrostrukturasi bilan bogʻliq. Rangi (sutrang-oq, och yashildan yashil va qoʻngʻir yashilgacha) Cr3,Fe2+ va Ni2+ apalashmalariga bogʻliq. N. kam qollarda kulrang , tutunrang , oq yoki qora rangda uchraydi. Qattikdigi 5,5—6,5. Zich-ligi 2900–3000 kg/m3. Yaxshi silliqlanadi. N.dan juda qad. davrdan qurol. bezak tosh, dekorativ badiiy buyumlar yasashda foydalanilgan. Amir Temur sagʻanasiga oʻrnatilgan tosh ham N.dai ishlangan. N. Xitoy, Hindiston, Myanma kabi mamlakatlar madaniy tarixida muhim oʻrinni egallaydi — imperator va yuqori martabali toʻralarning ajralib turish belgisi hisoblangan. Kimmatbaho zargarlik toshlaridan biri. Tabiatda serpentenit, piroksenli va amfibolli kristallik slanetslar va boshqalarning metamorfizmlanishidan hosil boʻladi. N., asosan, allyuvia.1 yotqiziqlardan mayda tosh va harsajtosh koʻrinishida ajratib olinadi. Yirik konlari Yorkend, Xotan daryolari havzasida, Baykal koʻli yaqinida, Yangi Zelandiya o.da va boshqa joylarda topilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil