Zigʻirak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zigʻirak (Salvia deserta) — yalpizdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 60—80 sm. Bargi nashtarsimon. Guli qisqa bandchalarda 2—3 tadan joylashgan. Gultojbarglari binafsha rangli, uz. 11–12 mm. Mevasi yumaloquchburchak, qora. May—avg .da gullab, iyun—sent.da urugʻlaydi. Toshkent, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlarining bogʻlarida, togʻ yon bagʻirlarida, vohalarida koʻp tarqalgan. Yuqori sifatli qimmatbaho efir moyi olish uchun ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil