Ravshan Ermatov
Ravshan Sayfiddinovich Ermatov | |
---|---|
![]() Futbol hakami | |
Asl ismi | Равшан Сайфиддинович Эрматов |
Tugʻilishi |
9-avgust 1977-yil (43 yosh) |
Mukofotlari |
![]() |
Ravshan Sayfiddinovich Ermatov — Oʻzbekistonlik futbol hakami.
Biografiyasi[tahrir]
1977-yil 9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U FIFA tomonidan 2003-yildan beri xalqaro hakamlikka tayinlangan.[1] Ravshan Ermatov Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon Chempionatida hakamlik qilib, Gambiya — Meksika, hamda Chili — Kongo oʻyinlarni boshqargan.
Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda Osiyoning „Eng Yaxshi Hakami“, deb baholandi,[2] va 2008-yilgi FIFA Klublararo Jahon Chempionati finalini boshqarish uchun tanlandi.
2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinini bochqarishi uchun arbitr etib tayinlandi. Shundan soʻng u Angliya — Jazoir, Argentina — Yunoniston, chorak finalda Argentina — Olmoniya, yarim finalda Gollandiya — Urugvay oʻyinlarini boshqardi.
Uning asosiy ishi ham futbol bilan bogʻliq. U futbol instruktori boʻlib ishlaydi. Oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tillarini ham biladi.
Ravshan Ermatov Osiyoning „Eng yaxshi hakam“ nominatsiyasida ketma-ket to‘rt marotaba g‘olib bo‘lgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda jahonning eng yaxshi hakami, deb eʼtirof etdi. 2014-yilgi jahon chempionatida ham qatnashdi.[3]
2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimi joriy etildi va Ravshan Ermatov ushbu lavozimga tayinlandi.
2020-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi[4]
Qiziqarli maʼlumot[tahrir]
Ravshan Ermatov hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshatadi. „Men hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshataman. Sal notoʻgʻri harakat minaning portlashiga olib keladi“, — deydi.[5] Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.
Mukofotlari[tahrir]
- 2010-yilda Oʻzbekiston iftixori unvoni berildi.
- 2014-yilda El-yurt hurmati ordeni berildi.
- 2018-yilda Buyuk xizmatlari uchun ordeni berildi.
Manbalar[tahrir]
- ↑ Ravshan Irmatov to officiate opening match of 2010 FIFA World Cup South Africa. Uzdaily.com (2009-10-28). 2010-06-07.
- ↑ Ravshan Irmatov appointed for 2010 FIFA World Cup. the-afc.com.
- ↑ Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Braziliyaga yo‘l oldi
- ↑ Равшан Эрматов вазир ўринбосари бўлди.
- ↑ РАВШАН ЭРМАТОВ ҲАКАМЛАРНИ МИНА ИЗЛОВЧИ САПЁРЛАРГА ЎХШАТАДИ. futbol-info.uz (2009-10-28). 2010-06-07.
Havolalar[tahrir]
![]() |
Wikimedia Commonsda Category:Ravshan Irmatov mavzusiga oid fayllar bor. |
- FIFA profili
- Ravshan Ermatovni baholang
- Ravshan Ermatov, Mail.ru
- Ravshan Ermatovning hayotiy aqidalari
Andoza:FIFA Jahon chempionati 2010 hakamlari
|
Andoza:FIFA Jahon chempionati 2018 hakamlari