Nozimaxon Qayumova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nozimaxon Qayumova

Qayumova 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya o'yinlarida shohsupada
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Nozimaxon Noʻmonjonovna Qayumova
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-avgust 1992-yil (1992-08-17) (31 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Paralimpiya yengil atletika

Nozimaxon Noʻmonjonovna Qayumova (tugʻ. 1992-yil 17-avgust, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek atletikachisi-paralimpiyachi, nayza uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya va 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ikki karra Olimpiya chempioni. Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatining ikki karra sovrindori.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda u professional sport bilan shugʻullana boshladi. 2016-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi[1]. Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u F13 toifasida nayza uloqtirish boʻyicha 44,58 m natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritib, yangi jahon rekordini oʻrnatdi[2]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qayumovani Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan[3].

2017-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u F13 toifasida nayza uloqtirishda 41,25 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi[4][5]. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u nayza uloqtirish musobaqasida 38,86 metr natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi[6][7]. Shunday qilib, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga litsenziya olgan[8].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u F13 toifasida nayza uloqtirish boʻyicha 42,59 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi[9]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoyevga farmoni bilan Nozimaxon „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ bilan taqdirlangan[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Athletics KAYUMOVA Nozimakhon - Tokyo 2020 Paralympics“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr. [sayt ishlamaydi]
  2. Платные опросы Чудо деньги- AirDrop. „Нозимахон Каюмова принесла Узбекистану восьмое золото на Паралимпиаде“. uz.vesti.news. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  3. „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  4. „2017 World Para Athletics Championships“ (en).
  5. Alamy Limited. „Stock Photo - Nozimakhon Kayumova silver medalist at the medal ceremony for the javelin throw F13 at the World Para Athletics Championships, London“ (en). Alamy. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  6. „Dubai 2019 - Schedule & Results“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  7. „Perfect 10 for Durand at World Para Athletics Championships“. www.insidethegames.biz (1573507620). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  8. UzDaily. „Нозимахон Каюмова завоевала лицензию на Токийскую Паралимпиаду“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  9. „Nozimakhon Kayumova - two-time winner of the Paralympic Games“ (en). brightuzbekistan.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  10. uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.