Hasanboy Doʻsmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hasanboy Doʻsmatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Doʻsmatov Hasanboy Marufjon oʻgʻli
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 24-iyun 1993-yil (1993-06-24) (30 yosh)
Andijon
Boʻyi 159 sm
Vazni 49 kg
Sport
Qaysi sport boks
Klubi Uzbek Tigers
Faol tomoni chapaqay
Murabbiy(lar)i Ziyovutdin Toygʻonboyev
Medallar
Oʻzbekiston iftixori[1]

Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (oʻzbekcha: Дўсматов Хасанбой Марфжон ўғли; 24-iyun, 1993-yil, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — birinchi vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yil Olimpiyada chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi[2]. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan[3]. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan[4].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rio 2016 yozgi olimpiada finalidagi jangi. Koʻk libosda Hasanboy, qizilda esa — Martines

Hasanboy Doʻstmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev.

Havaskor darajadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻstmatov 2009-yilda Qozog‘istonda Qozog‘iston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egallab, o‘zining ilk katta muvaffaqiyatiga erishdi. 2011-yilda 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2013-yilda Olmaotada oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrin boʻldi. 2014-yilda ukrainalik atamanlar tarkibida rossiyalik David Ayrapetyanga qarshi chorak final jangida gʻalaba qozondi. O‘sha yili O‘zbekiston milliy chempionatida ikkinchi, Incheondagi Osiyo o‘yinlarida yettinchi o‘rinni egalladi. 2015-yilda Butunjahon boks seriyasida 7 ta jang o‘tkazib, barcha yetti jangda g‘alaba qozongan.

2016-yil 17-fevraldagi AIBA reytingida 11-o‘rinni egallagan[5].

Havaskor natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻsmatov Oʻzbekistonning esdalik markasida, 2017-yil
  • 2009-yil — Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Uralsk, Qozogʻiston) — 1-oʻrin
  • 2011-yil — Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati — 1-o‘rin
  • 2012-yil — Makar Mazay xotirasiga bagʻishlangan „A“ toifasidagi 46-xalqaro turnir (Mariupol, Ukraina) — 1-oʻrin
  • 2012-yil — Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan IV xalqaro turnir (Rossiya) — 1-oʻrin
  • 2012-yil — O‘zbekiston chempionati — 1-o‘rin
  • 2013-yil — O‘zbekiston milliy kubogi — 1-o‘rin
  • 2013-yil — Yozgi Universiada (Qozon, Rossiya) — 1-oʻrin
  • 2013-yil — O‘zbekiston chempionati — 1-o‘rin
  • 2013-yil — Toʻrt millat turniri (Ostona, Qozogʻiston) — 1-oʻrin
  • 2013-yil — Nikolay Manger xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Xerson, Ukraina) — 1-oʻrin
  • 2014-yil — Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan VI xalqaro turnir (Rossiya) — 1-o‘rin
  • 2014-yil — Sydney Jackson xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Toshkent, Oʻzbekiston) — 1-oʻrin
  • 2015-yil — Chemistry kubogi (Halle, Germaniya) — 1-oʻrin
  • 2015-yil — Boks boʻyicha Osiyo chempionati (Bangkok, Tailand) — 1-oʻrin
  • 2016-yil — Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Rio-de-Janeyro, Braziliya) — 1-oʻrin
  • 2017-yil — Boks bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) — 1 oʻrin
  • 2023-yil — Boks bo‘yicha jahon chempionati (Toshkent, O‘zbekiston) — 1-o‘rin[6]

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 16-noyabr kuni Do‘smatov professional ringda meksikalik Jesus Cervantes Villanuevaga qarshi bahs olib bordi. Doʻsmatov ikkinchi raundda Vilyanuevaga chap qoʻli bilan zarba berib, nokautga uchratdi va gʻalaba qozondi[7]. Debyutidan bir yil oʻtib, Doʻstmatov 2020-yilning 24-dekabr kuni Odiljon Sotqinovga qarshi professional bokschi sifatidagi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Doʻstmatov bahsning boshidanoq ustunlik qildi va birinchi raundning oʻzida raqibini toʻrt marta nokautga uchratib nokaut bilan gʻalaba qozondi[8][9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бир қатор спортчилар унвон ва орденлар билан тақдирланди“.
  2. „Uzbekistan’s new Olympic Light Flyweight Champion Hasanboy Dusmatov wins the Val Barker Trophy for the outstanding male boxer of Rio 2016“. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Uzbekistan’s new Olympic Light Flyweight Champion Hasanboy Dusmatov wins the Val Barker Trophy for the outstanding male boxer of Rio 2016“. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-mart.
  4. Aiba natijalari (ingl.). 15-avgust 2016-yilda tekshirilgan. (PDF), 2016-09-21da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2017-03-20
  5. „AIBA rankings“ (en) (pdf). AIBA (2016-yil 17-fevral). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  6. „Хасанбой Дусматов завоевал «золото» ЧМ по боксу в Ташкенте“. Newshub.uz.
  7. „Asian scene: Inoue and Donaire in battle for the ages“ (en). boxingmonthly.com. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
  8. „Evgeny Terentyev Outpoints Viktor Plotnikov“ (en). boxen247.com. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  9. „World-rated Potapov wins easily“ (en). fightnews.com. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.