Yorqin Odilov
| Yorqin Odilov | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi | 2000-yil 28-iyun |
| Mukofotlar |
|
| Sport | |
| Qaysi sport | Para yengil atletika (Nayza va yadro uloqtirish) |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Yozgi Paralimpiada oʻyinlari | ||
| Oltin | Parij 2024 | Nayza uloqtirish |
| Jahon chempionati | ||
| Kumush | Parij 2023 | Nayza uloqtirish |
| Yozgi Paraosiyo oʻyinlari | ||
| Kumush | Xanchjou 2022 | Nayza uloqtirish |
Odilov Yorqinbek Olimbek oʻgʻli (2000-yil 28-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning nayza uloqtirish va yadro uloqtirish yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi[1]. Paralimpiya chempioni. „Shuhrat“ medali sohibi[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yorqin Odilov 2000-yil 28-iyunda tugʻilgan[1].
Fargʻona davlat universitetida tahsil olgan[manba kerak].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Murabbiyi – Yaxyo Yakubov[1].
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].
2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Nayza uloqtirish boʻyicha F57 toifasidagi musobaqada ishtirok etib, 11.71 m natija qayd etgan holda 9-oʻrinda musobaqani yakunlagan[2].
2023-yilda Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida nayza uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu natija Yorqin Odilovga 2024-yilgi Yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkonini taqdim etgan[1].
2024-yilda Parijda oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida 50.32 m natija bilan nayza uloqtirish (F57 klassda) boʻyicha paralimpiya chempioniga aylangan[3][4][5][6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Shuhrat“ medali[1].
- „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (2024-yil)[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 5 6 7 „Yoʼllanma olgan sportchilar“. Qaraldi: 1-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „Yorqin Odilov ishtirokini yakunladi“ (3-sentyabr, 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
- ↑ „Men's Javelin Throw - F57 Final Results“ (inglizcha) (31-avgust 2024-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „Yengil atletikachi Yorqinbek Odilov — Paralimpiya oltin medali sohibi“ (1-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „5-oltin! Yorqinbek Odilov - Paralimpiya o‘yinlari chempioni“. kun.uz (1-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „Para yengil atletikachi Yorqinbek Odilov — Paralimpiya o‘yinlari chempioni“. daryo.uz (1-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2024-yil.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.