Ruslan Chagayev
Ruslan Chagayev | |
![]() | |
Statistika | |
---|---|
Asl ismi | Ruslan Shamilovich Chagayev |
Laqabi | "Oq Tayson" |
Vazni | Ogʻir vazn |
Millati | Tatar |
Tavalludi sanasi | 19-oktabr 1978-yil (42 yosh) |
Tavalludi joyi | Andijon, OʻzSSR |
Uslubi | |
Boks qaydlari | |
Jami janglari | 28 |
G'alabalari | 26 |
Nokautli g'alabalari | 17 |
Mag'lubiyatlari | 3 |
Duranglari | 1 |
Musobaqadan tashqari | ![]() ![]() |
Ruslan Shamilovich Chagayev (ruscha: Руслан Шамильевич Чагаев, tatarcha: Ruslan Şamil ulı Çağaev, 1978-yil 19-oktabr, Andijon, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bokschisi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (ingl. WBA) versiyasi boʻyicha superogʻirvaznda jahon chempioni. Ogʻir vaznda (81–91 kg) havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni.
Bokschi, "Oʻzbekiston iftixori" (1998), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000). Andijon respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida tahsil olgan (1991 — 1997), Andijon universitetini tugatgan (2002). 91 kg vazn toifasida Oʻzbekiston (1996, 1999, 2000, 2001), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1995, Toshkent; 1997, Olmaota), Osiyo (1995, 1999, Toshkent), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon (1997, Budapesht) chempioni. U 91 kg dan ziyod vaznda ham jahon chempioni boʻlgan (2001, Belfast). 2001 yildan professional bokschi. Gamburg (GFR)ning "Universum boks promoshn" klubi bilan shartnoma imzolab, reyting uchrashuvlarini oʻtkazib keladi (2004). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]
Boʻyi: 1,85 m.
1997-yilgi havaskorlar oʻrtasidagi Jahon Chempionati finalida kubalik bokschi Feliks Savonni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan, lekin keyinchalik professional bokschi sifatida chetlatilgan. Ruslan Chagayev "Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan sportchi", "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
2007-yilning 14-aprel kuni WBA versiyasi boʻyicha jahon chempionligi uchun Nikolay Valuyev bilan ringga chiqdi. Ushbu bahsda Ruslan 114-114, 115-113, 117-111 hisobida ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi. Bu janggacha Valuyev bironta uchrashuvida magʻlubiyatga uchramagan edi.
Germaniyaning Gamburg shahrida yashaydi va shugʻullanadi. Murabbiyi: Mixael Timm (nem. Michael Timm). Uylangan, bir oʻgʻli bor.

Ruslan Chagaev 2008 yilning 19 yanvarida Britaniyalik bokschi Matt Skelton bilan oʻz unvonini himoya qilish uchun ringga chiqdi. Bu jang 12 raund davom etib, ochkolar boʻyicha gʻalaba Ruslan Chagaevga berildi va u oʻz chempionlik kamarini yana bir marta oʻzida saqlab qoldi.
Lekin ayrim axborot manbalari tarqatgan xabarga koʻra, Chagaev va Valuyev jangi 5-iyulga qoldirilgan.[2] Jang sanasi muddatining uzaytirilishiga Ruslan Chagaevning sogʻligi yomonligi sabab boʻlgan.
Ruslan Chagaev 2007-yilda „rossiyalik dev“ laqabli Nikolay Valuevni engib, ilk bor professional boksning WBA yoʻnalishi boʻyicha eng ogʻir vazn toifasida Jahon chempioni boʻlgan va oʻshanda Oʻzbekistonda chempionni millionlab ishqibozlari oliqshlar bilan kutib olgan.[3]
Jang natijalari[tahrir]
Yil | Sana | Joy | Raqib | Kamar | Natijalar |
---|---|---|---|---|---|
1997 | 21-Avgust | Hollywood Casino, Aurora, Illinois, Vereinigte Staaten | ![]() |
Gʻalaba/ KO 1 | |
3-Sentabr | Ramada Inn, Rosemont, Illinois, Vereinigte Staaten | ![]() |
Gʻalaba/ KO 2 | ||
2001 | 21-Sentabr | Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
Gʻalaba/ TKO 4 | |
2002 | 14-April | Hard Rock Hotel and Casino, Las Vegas, Nevada, Vereinigte Staaten | ![]() |
Gʻalaba/ KO 1 | |
11-May | Grand Casino, Biloxi, Mississippi, Vereinigte Staaten | ![]() |
Gʻalaba / 8 raundlik jang | ||
5-Oktabr | Cobo-Hall, Detroit, Michigan, Vereinigte Staaten | ![]() |
Nomaʼlum/ 3 raundlik jang | ||
2003 | 22-May | Yonkers Raceway, Yonkers, New York, Vereinigte Staaten | ![]() |
Gʻalaba / TKO 3 | |
18-Noyabr | Universum Gym, Wandsbek, Hamburg, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba / KO 2 | ||
2004 | 17-Fevral | Hansehalle, Luebeck, Schleswig-Holstein, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba / 6 raundlik jang | |
30-Mart | Saaltheater Geulen, Aachen, Nordrhein-Westfalen, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba/ KO 2 | ||
18-May | Hansehalle, Luebeck, Schleswig-Holstein, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba/ TKO 1 | ||
22-Iyun | Sportzentrum, Telfs, Österreich | ![]() |
Gʻalaba/ KO 2 | ||
31-Iyul | Hanns-Martin-Schleyer-Halle, Stuttgart, Baden-Württemberg, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba/ KO 5 | ||
26-Oktabr | Scandlines Arena, Rostock, Mecklenburg-Vorpommern, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba/ KO 3 | ||
16-Noyabr | Kugelbake Halle, Cuxhaven, Niedersachsen, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba/ TKO 4 | ||
14-Dekabr | Freizeit Arena, Soelden, Österreich | ![]() |
Gʻalaba/ TKO 2 | ||
2005 | 26-Mart | Sachsen, Deutschland | Andoza:Country data the Bahamas Sherman Williams | Gʻalaba / 8 raundlik jang | |
28-Sentabr | Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba/ TKO 1 | ||
22-Oktabr | Brandberge Arena, Halle an der Saale, Sachsen-Anhalt, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba/ KO 5 | ||
2006 | 7-Yanvar | Zenith — Die Kulturhalle, Munich, Bayern, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba/ KO 2 | |
11-Mart | Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland | ![]() |
WBA Inter-Continental-Titel | Gʻalaba / 12 raundlik jang | |
15-Iyul | Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland | ![]() |
WBA Inter-Continental-Titelverteidigung | Gʻalaba/ TKO 8 | |
18-Noyabr | Nordrhein-Westfalen, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba / 12 raundlik jang | ||
2007 | 14-April | Porsche-Arena, Stuttgart, Baden-Württemberg, Deutschland | ![]() |
WBA-Weltmeisterschaft | Gʻalaba / 12 raundlik jang |
2008 | 19-Yanvar | Burg-Wächter Castello, Düsseldorf, Nordrhein-Westfalen, Deutschland | ![]() |
WBA-Titelverteidigung | Gʻalaba / 12 raundlik jang |
2009 | 7-Fevral | Stadthalle, Rostock, Mecklenburg-Vorpommern, Deutschland | ![]() |
WBA-Titelverteidigung | Gʻalaba / 6 raundlik jang |
20-Iyun | Veltins-Arena, Gelsenkirchen, Nordrhein-Westfalen, Deutschland | ![]() |
IBF- und WBO-Weltmeisterschaft | Magʻlubiyat | |
2010 | 22-May | Rostok, Deutschland | ![]() |
Gʻalaba / 12 raundlik jang | |
(Quelle: BoxRec-Datenbank) |
Manbalar[tahrir]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ BBC Oʻzbek xizmati
- ↑ Чечен раҳбари Чагаевни ўзиники қилиб олди
Havolalar[tahrir]
- Ofitsialniy sayt Ruslana Chagaeva
- Match-revansh Valueva s Chagaevim naznachen na 31 maya
- Ruslan Chagaev zaщitil titul protiv Metta Skeltona
- Profayl Ruslana Chagaeva na boxing.de Arxivlandi 2008-09-16Wayback Machine saytida.
- Profayl Ruslana Chagaeva na boxrec.com
- Luchshie boi Ruslana Chagaeva Arxivlandi 2007-10-06Wayback Machine saytida.
- Intervyu i video s Ruslanom Chagaevim
![]() |
Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |