Oʻtkirbek Abdujalilovich Haydarov (1974.25.1, Andijon shahri) — bokschi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), "Oʻzbekiston iftixori" (1999). 75 va 81 kg vazn toifalarida Oʻzbekiston (1996, 1998, 2000), Osiyo (2002, Seremban), Osiyo oʻyinlari (2002, Pusan) va Afro-Osiyo oʻyinlari (2003, Haydarobod) chempio-ni. Jahon chempionatining oltin (1999, Xyuston), kumush (2001, Belfast) va bronza (2005, Xitoy) medali sovrin-dori, Yaxshi niyat oʻyinlari (2001, Brisben) va olimpiada oʻyinlari (2004, Afina)ning bronza medali sohibi. Andijon universitetini tugatgan (2002), "Dinamo" sport jamiyatida boks boʻyicha yoʻriqchi (1996—2000). 2000 yildan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi. "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2004).[1]