Bahodir Jalolov
Bahodir Jalolov | |
---|---|
Fuqaroligi |
![]() |
Qaysi sport | Boks |
Tavallud sanasi | 8-iyul 1994-yil (28 yosh) |
Tavallud yeri | Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani |
Boʻyi | 201 sm |
Medallar |
![]() ![]() |
Bahodir Jalolov Isomiddin oʻgʻli (Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 1994-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ogʻir vazn toifasida professional bokschi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, Olimpiya oʻyinlarining chorak finalchisi (2016-yil), jahon chempioni (2019-yil), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2015-yil), uch karra Osiyo chempioni (2017-yil, 2019-yil, 2021-yil). 2019-yilda "Oʻzbekiston iftixori" unvoni bilan taqdirlangan.
Professionallar orasida ogʻir vazn toifasida NABF Junior boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Shimoliy Amerika chempioni (2019-yildan hozirgacha). 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiyani — 73-oʻrinni qayd etgan va ogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik bokschilar orasida 1-oʻrinda. 2019-yil sentabr oyida asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytinglariga koʻra, u WBC reytingida 40-oʻrinni egalladi va dunyoning eng yaxshi ogʻir vazn toifasidagi TOP-75 ga kirdi.
Boshlangʻich karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
U boksni Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 7-sinfida Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan boshladi. 2009-yilda yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.
2013-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻldi va 2014 va 2015-yillarda u ushbu muvaffaqiyatini takrorladi.
2015-yilda Jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yil avgust oyida u Olimpiadada ishtirok etdi, ochilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Olimpiadada u chorak finalga chiqdi: nimchorak finald u venesuelalik tajribali bokschi — Edgar Munozni nokautga uchratdi. Biroq chorak finalda hakamlar qarori bilan 0:3 hisobda britaniyalik Jozef Joysga yutqazdi[1].
2017-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yil may oyida u Toshkentda 91 kg dan yuqori vazn toifasida Osiyo chempioni boʻldi va finalda qozogʻistonlik bokschi Kamshibek Kunkaboyevni magʻlub etdi.
2017-yil avgust oyida Gamburg (Germaniya)da boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, nimchorak finalda Jalolov tajribali Deyn Kem Yungkvistni 1-raundda nokaut qilib, gʻalaba qozondi[2]. Biroq chorak finalda juda 2:3 hisob bilan qozogʻistonlik Kamshybek Konkaboevga yutqazdi[3].
2019-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yil aprel oyida u Bangkokda (Tailand) 91 kg dan yuqori vazn toifasida qozogʻistonlik Kamshybek Kunkabayevni finalda magʻlub etib yana Osiyo chempioni boʻldi.
2019-yil sentabr oyida u Yekaterinburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida, chorak finalda 20 yoshli amerikalik bokschi Richard Torrezni nokaut bilan yengib[4], yarim finalda rossiyalik tajribali Maksim Babaninni magʻlub etdi (5:0)[5] va finalda qozogʻistonlik tajribali bokschi Kamshybek Konkabayev bilan jangga tushib, 5:0 hisobda jahon chempioni boʻldi[6][7].
2021-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil fevral oyida u Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan „Strandzha Cup“ xalqaro turnirining u 91 kg dan yuqori vazn toifasida ukrainalik Tsotne Rogavani magʻlub etib, gʻolib boʻldi[8].
2021-yil aprel oyida u „Sankt-Peterburg gubernatori kubogi“ xalqaro turnirining finalida tajribali rossiyalik Ivan Veryasovni magʻlub etib, gʻolibi boʻldi[9].
2021-yil may oyida u Dubayda (BAA) 91 kg dan yuqori vazn toifasida yana finalda qozogʻistonlik Kamshybek Kunkaboevni magʻlub etib Osiyo chempioni boʻldi.
2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yil mart oyida Amman shahrida (Iordaniya) u 1-oʻrinni egalladi va 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga Osiyo/Okeaniyadan saralash turniriga yoʻllanma oldi. 2021-yil iyul-avgust oylarida Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida u ketma-ket ikkinchi marta Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bayroqdori boʻldi. Olimpiada oʻyinlarida qatnashib, musobaqaning nimchorak finalida tajribali ozarbayjonlik Muhammad Abdullaevni 5:0 hisobida yengdi[10]. Finalda amerikalik richard Torres bilan jang qildi. 3 raund davom etgan jangda raqibini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu Oʻzbekiston delegasiyasining Tokio-2020 dagi 5-medali hisoblanadi[11]. Olimpiada chempioni boʻlgan Bahodir Jalolovga Prezident sovgʻasi — „Chevrolet Tahoe“ avtomobili sovgʻa qilindi. Shuningdek, xonadon kaliti va 200 ming dollar miqdordagi pul mukofoti topshiriladi.[12][13].
Professional karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yil fevral oyida u Amerikaning Fight Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi[14]. 2018-yil 5-may kuni AQShda magʻlub boʻlmagan meksikalik bokschi Ugo Truxiloni 3-raundda texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratib (4-0-1), professional ringda muvaffaqiyatli debyut qildi[15].
2019-yil 10-aprelda Nyu-Yorkda (AQSh) oʻtkazilgan 6-jangida u amerikalik Brendan Barretni 1-raundda nokaut bilan magʻlub etdi (7-2-2) va oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir vazn toifasidagi NABF Junior Shimoliy Amerika chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.
2022-yil 11-iyunda Nyu-Yorkda (AQSh) ogʻir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10−0, 10KO) belgiyalik bokschi Jek Mulovaiga (11−2-1, 7KO) 8-jangida nokaut bilan magʻlub etdi[16].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Проспекты. Баходир Джалолов. Факты о боксёре“ (ru). Boxanalitika.ru (2 марта 2018). 19-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-aprel 2018-yil.
- ↑ „ЧМ-2017 в Гамбурге: результаты всех поединков дневной сессии 28 августа“ (ru). vRINGe.com (28 августа 2017). Qaraldi: 5-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Четвертьфиналы ЧМ-2017 в Гамбурге: результаты поединков вечерней сессии 29 августа“ (ru). vRINGe.com (30 августа 2017). Qaraldi: 5-dekabr 2018-yil.
- ↑ „ЧМ-2019 в Екатеринбурге: результаты всех поединков 1/4 финала“ (rus). vRINGe.com (18 сентября 2019). Qaraldi: 18-sentabr 2019-yil.
- ↑ „ЧМ-2019 в Екатеринбурге: результаты всех полуфиналов“ (rus). vRINGe.com (20 сентября 2019). Qaraldi: 22-sentabr 2019-yil.
- ↑ „ЧМ-2019 в Екатеринбурге: результаты всех финалов“ (rus). vRINGe.com (21 сентября 2019). Qaraldi: 22-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Видео всех финальных поединков чемпионата мира по боксу 2019 в Екатеринбурге“ (rus). vRINGe.com (22 сентября 2019). Qaraldi: 22-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Странджа-2021: все победители и призёры турнира в Болгарии“ (rus). vRINGe.com (28 февраля 2021). Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
- ↑ „"Кубок Губернатора Санкт-Петербурга". Итоги“ (rus). Сайт Федерации бокса России (24 апреля 2021). Qaraldi: 28-aprel 2021-yil.
- ↑ „Бокс на Олимпийских играх 2020. Баходир Джалолов победил Мухаммада Абдуллаева“ (rus). vRINGe.com (29 июля 2021). Qaraldi: 30-iyul 2021-yil.
- ↑ „Токио-2020. Баҳодир Жалолов олтин медални қўлга киритди“. Bugun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2021-yil.
- ↑ „Баҳодир Жалоловга «Chevrolet Tahoe» совға қилинди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
- ↑ „Токио Олимпиадаси ғолибларига энг кўп мукофот пули тўлаган мамлакатлар эълон қилинди“. Bugun.uz. Qaraldi: 10-avgust 2021-yil.
- ↑ „Узбекистанский супертяжеловес–нокаутёр Баходир Джалолов перешёл в профи“ (rus). vRINGe.com (5 февраля 2018). Qaraldi: 27-fevral 2018-yil.
- ↑ „Баходир Жалолов: Это только начало, в планах принять участие в Олимпиаде-2020 и завоевать золотую медаль“ (rus). Сайт «Олимпийского комитета Узбекистана» (6 мая 2018). 27-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-may 2018-yil. Arxivlandi 2020-01-27 Wayback Machine saytida.
- ↑ https://www.gazeta.uz/uz/2022/06/11/boxing/
|
- 8-iyulda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Surxondaryoda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston iftixori unvoni bilan taqdirlanganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Sportchilar
- Oʻzbekiston bokschilari
- Havaskor boks boʻyicha oʻta ogʻir vazn toifasida jahon chempionlari
- "Oʻzbekiston iftixori" unvoni bilan taqdirlanganlar