Kontent qismiga oʻtish

Mirazizbek Mirzaxalilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov
Statistikasi
Vazni eng yengil, ikkinchi yengil va yarim yengil
Boʻyi 5 ft 6 12 in (1.69 m)
Millati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi 1995-yil 27-fevral (1995-02-27) (31 yosh)
Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Medallari va yutuqlari

Oʻzbekiston iftixori

Erkaklar oʻrtasida Havaskor boks
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Havaskor bokschilar oʻrtasida jahon chempionati
OltinYekaterinburg-201957 kg gacha
Osiyo Oʻyinlari
OltinJakarta-Palembang56 kg gacha
Osiyo chempionati
OltinBangkok-201956 kg gacha
OltinChiang Mai-202457 kg gacha
KumushDubay-202156 kg gacha

Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov (1995-yil 27-fevral, Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, eng yengil, ikkinchi yengil va yarim yengil vazn toifalarida ishtirok etib keladi. Jahon chempioni (2019), Osiyo oʻyinlari chempioni (2018), Osiyo chempioni (2019, 2024), Havaskorlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2021).

Havaskorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yildan buyon havaskor boks bilan shugʻullanib keladi. Mirazizbek Mirzaxalilov eng yengil vazn toifasida ishtirok etib keladi. Murabbiyi Bahodir Erkayev[1].

2018-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, finalda KXDR sportchisi Xyo Nam Yo ustidan gʻalaba qozonib, yengil vaznda u oltin medalni qoʻlga kiritdi[2].

2019-yilda Bangkokdagi Osiyo chempionatida u qitʼamiz chempioni boʻldi, finalda hindistonlik bokschi Kavinder Singht Bishtni magʻlub etdi[3].

2019-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Mirazizbek hal qiluvchi jangga chiqdi va u kubalik bokschi Lazaro Alvaresni yutib, oltin medal va chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi[4].

Professional faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 3-aprelida u mahoratli tanzaniyalik Tasha Mjuadjini (17-7-2) 1-raundda nokaut qilib, professional faoliyatini boshlagan.

2021-yil Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida Mirazizbek Mirzaxalilov 1/8 final bahsida raqibi irlandiyalik Kurt Uokerga imkoniyatni boy berib qoʻyadi[5].

2022-yilning mart oyida boks boʻyicha Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sportchilari oʻrtasida oʻtkazilgan lisenzion turnirda 57 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaxalilov turnir mezboni bokschisi Mohamma Alvadiga qarshi ringga koʻtarilgan edi. Mirzahalilov raqibi ustidan ishonchli tarzda 5:0 hisobida gʻalaba qozonadi[6].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]