Kontent qismiga oʻtish

Ikrom Berdiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Ikrom va familiyasi Berdiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ikrom Berdiyev
Statistikasi
Vazn toifasi 81 kg
Boʻyi 183 sm
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi 1974-yil 23-iyun (1974-06-23) (52 yosh)
Chirchiq, Oʻzbekiston SSR

Berdiyev Ikrom Nugmonovich (23-iyun 1974, Chirchiq) – oʻzbekistonlik bokschi, 2002-yil „Oʻzbekiston iftixori“ va xalqaro miqyosdagi sport ustasi unvoni sohibi boʻlgan. 81 kg vazn toifasida Oʻzbekistonning 2000-yil va 2001-yilgi chempioni, Boks boʻyicha 1997-yilgi Osiyo Chempionati chempioni hamda Boks boʻyicha 2002-yilgi Osiyo Chempionati kumush medal sohibi, Pusanda tashkil etilgan 2002-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni, 2003-yilgi Afri-Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori. 1997-yilda Oʻzbekiston Jismoniy Tarbiya Institutini tugatgan, 1997-yildan Chirchiq shahri ichki ishlar boʻlimining inspektori lavozimida ishlagan. 2004-2006-yillarda professional bokschi sifatida faoliyat yuritgan.