Dilshod Muxtorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dilshod Tohirovich Muxtorov (1975.4.1, Toshkent) — mergan, xalqaro mikyosdagi sport ustasi (1997). "Oʻzbekiston iftixori" (2001). Atlanta (AQSH)da boʻlib oʻtgan jaxrn kubogi musobaqasida (2001) kichik kalibrli toʻpponcha (MP)dan 50 m masofada oʻq uzishda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Muxtorov OʻzMUning amaliy mat. fakultetini tugatgan (1997). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi institutining ilmiy xodimi (1997 yildan). Muxtorov Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni (1990—92, 1994, 1997, 1999-2002), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1995, 1999) gʻolibi, Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok) kumush medali sovrindori. Bundan tashqari, bir necha xalqaro turnirlarda (1991, Lvov, 1-oʻrin; 1991, Minsk, 2-oʻrin; 1999, Atlanta, 2-urin), Olimpiada musobaqalarida (2000, Sidney, 5-oʻrin) muvaffaqiyatga erishgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil