Artur Grigoryan
| Artur Grigoryan | ||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
2001-yilgi pochta markasida Grigoryan | ||||||||||||||||||||
| Statistikasi | ||||||||||||||||||||
| Asl ismi | Artur Razmikovich Grigoryan | |||||||||||||||||||
| Laqabi | Qirol Artur | |||||||||||||||||||
| Vazni | Yengil | |||||||||||||||||||
| Boʻyi | 5 ft 7 1⁄2 in (1.71 m) | |||||||||||||||||||
| Millati | Sovet → Oʻzbek | |||||||||||||||||||
| Tavalludi |
1967-yil 27-oktyabr Toshkent, OʻzSSR[1] | |||||||||||||||||||
| Uslubi | Chapaqay | |||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
| ||||||||||||||||||||
Artur Razmikovich Grigoryan (1967.20.10, Toshkent) — bokschi. Xalqaro sport ustasi (1987). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (1991). Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1993). 1978-yildan boks bilan shugʻullanadi. Birinchi ustozi L. Ahmadjonov. Grigoryanga 1986—1993-yillarda Vladimir Shin murabbiylik qilgan. Havaskorlik boksida 387 ta jang qilib 372 tasida gʻolib chiqqan. 1994-yildan professional boksda (germaniyalik Frits Sdunek rahbarligida musobaqalarga tayyorlanadi). Qitʼalararo chempion (1995). Grigoryan Jahon boks tashkiloti (WBO) tasnifi boʻyicha 61,2 kg vazn toifasida 16-marta jahon chempioni (1996 — 2002, yanvar; Berlin, Gamburg, Kotbus va hokazo). Professional boksda 34 marta jang qilib hammasida yenggan, „Qirol“ („Konig“) nomi bilan tanilgan. Grigoryan chempionlik „Oltin kamar“ining biri Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (1998), Mehnat shuhrati ordeni (1996) bilan taqdirlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Artur Grigoryan. sports-reference.com
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik sportchi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 27-oktyabrda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Alifbo boʻyicha bokschilar
- Oʻzbekistonlik erkak bokschilar
- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik sportchilar haqidagi chala maqolalar