Toʻlaganova Iroda Botirovna (1982.7.1, Toshkent) — tennischi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), "Oʻzbekiston iftixori" (2001). Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari bronza medali sovrindori (1998, Moskva), qizlar oʻrtasida Osiyo (1999, Fukuoka), "Uimbldon" chempionatlari (1999, London) va AQSH ochiq chempionati (1999, Nyu-York) gʻolibi. 1998 yildan professional tennischi, WTA tasnifiga kiruvchi 3 ta musobaqada gʻolib boʻlgan (2000, Toshkent; 2001, Vena; 2001, Nokke-Xeyt). Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan). "Shuhrat" medali bn mukofotlangan (1998)[1]. 2010-yildan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi vitse-prezidenti, 2020-yildan shuningdek, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti[2]