Rishod Sobirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rishod Rashidovich Sobirov
Tavalludi 11-sentyabr 1986-yil (1986-09-11) (37 yosh)
Fuqaroligi Uzbek
Faoliyat yillari 2005-bugun
Mukofotlari Oʻzbekiston iftixori

Rishod Rashidovich Sobirov, 1986-yil 11-sentyabrda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tugʻilgan. 2008-yil Buxoro Davlat Universitetini tamomlagan.

Rishod Sobirov sportning dzyudo turi boʻyicha Oʻzbekiston sharafini halqaro arenalarda munosib himoya qilayotgan sportchilardan biri. Rishod Sobirov dzyudo boʻyicha Respublika va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2005-yil 12-14-noyabr kunlari Xitoyning Taypey shahrida yoshlar oʻrtasida Osiyo birinchiligida 1-oʻrin.
  • 2007-yil 12-18-may kunlari Quvaytda Osiyo chempionatida 2-oʻrin.
  • 2007-yil 17-19-mart kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida xalqaro turnirda 3-oʻrin.
  • 2008-yil 23-29-aprel kunlari Koreyaning Chedju shahrida Osiyo chempionatda 5-oʻrin, 2008-yil 12-25-avgust kunlari Xitoyning Pekin shahrida Olimpiada oʻyinlarida 3-oʻrin, 2008-yil 3-6-oktyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida jamoalar oʻrtasida jahon chempionatida 2-oʻrinni egallab, musobaqaning kumush medali sovrindori boʻldi.
  • 2009-yil 20-23-mart kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2009-yil 15-25-may kunlari Xitoyning Taypey shahrida Osiyo chempionatida 3-oʻrinni egalladi.
  • 2010-yil 16-18-yanvar kunlari Koreyaning Suvon shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2010-yil 4-6-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin, 2010-yil 7-11-may kunlari Tunisning Gammart shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2010-yil 11-17-may kunlari Braziliyaning Rio-de-janero shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin, 2010-yil 1-5-iyul kunlari Rossiyaning Moskva shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrinlarni egalladi.
  • 2010-yilning 6-12-sentyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida oltin medalini qoʻlga kiritdi.
  • 2010-yilning 13-16-noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida XVI-Osiyo oʻyinlarida 1-oʻrinni egalladi va musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi.
  • 2011-yilning 5-7-fevral kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda ham munosib ishtirok etib 1-oʻrin.
  • 2011-yil 5-6-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2011-yil 20-25-may kunlari Rossiyaning Moskva shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2011-yil 23-27-avgust kunlari Fransiyaning Parij shahrida jahon chempionatida 1-oʻrin, *[[2012-yil 9-12-yanvar kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin.
  • 2012-yil 1-12-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrinlarni egalladi.
  • 2012-yil Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan 2012 Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 3-oʻrinni egalladi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 1–noyabr 2012–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 9–noyabr 2012–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()