Oksana Chusovitina
Oksana Aleksandrovna Chusovitina Оксана Александровна Чусовитина | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jinsi | Ayol | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qaysi sport | Gimnastika | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tavallud sanasi | 19-iyul 1975-yil (45 yosh) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tavallud yeri | Buxoro, Oʻzbekiston | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Murabbiylari | Shanna Polyakova, Svetlana Kuznetsova | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 153 sm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni | 44 kg | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallar |
|
Oksana Aleksandrovna Chusovitina — 1975 yilda Buxoroda tugʻilgan. Badiiy gimnastika sportchisi. U dunyo boʻyicha oltita olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir. Oksana Chusovitina 1992-yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008 yilga Pekin olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Sport faoliyati[tahrir]
Oksana Chusovitina sport gimnastikasidagi faoliyatini oʻtgan asrning 90-yillari boshlarida, SSSR terma jamoasi saflarida boshlagan. Oksana 1992-yilda birinchi bor Barselona Olimpiadasida qatnashib¸ musobaqalarni ettinchilikda tugatdi.[1]
1996-yilda Atlanta¸ undan keyin, 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida qatnashdi. Bu oʻyinlarda medal sohibasiga aylanmagan boʻlsa-da¸ Oksananing qoʻlida 9 oylik chaqalogʻi Alisher bilan xalqaro musobaqalarda qatnashganining oʻziyoq¸ badiiy gimnastika mutaxassislari tomonidan¸ mislsiz jasorat sifatida baholandi. Mustaqillik yillari sport gimnastikasi boʻyicha u Oʻzbekiston terma jamoasiga murabbiylik ham qilgan. 2006 yilda esa, oilaviy sharoiti tufayli, Oksana Germaniyaga koʻchib oʻtgan va oʻshandan buyon shu mamlakat terma jamoasi safida musobaqalarda etgan.
Hayotiy sinovlar[tahrir]
Sidneydagi Olimpiada oʻyinlari tugagach, 25 yashar Oksana katta sportni tark etishi mumkin edi. Ammo qoʻlidagi goʻdagining saratonning ogʻir koʻrinishi — oqqonga chalingani¸ sportchi qizning yashirin matonatini bulogʻini ochib yubordi.
Bolasini davolatish uchun Germaniyaga kelgan Oksana¸ Germaniyadagi musobaqalarda qatnashib¸ yutgani evaziga berilgan pullarni oʻgʻlining muolajasiga toʻlay boshladi.
Oʻgʻli Alisher tuzalib ketdi va oʻz minnatdorligini izhor qilish yoʻli sifatida Oksana¸ oʻz talantini Germaniya badiiy gimnastika jamoasiga taklif etdi. Shu tarzda u Germaniya fuqaroligi¸ uning asosida milliy jamoasiga qabul qilindi va 2008-yilgi Pekin olimpiadasida 33 yashar Oksana Germaniya bayrogʻi ostida musobaqalarga kirdi.[2][3][4][5][6][7][8][9]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Olimpiada moʻʼjizasi — buxorolik Oksana
- ↑ http://www.fig-gymnastics.com/site/page/view?id=254
- ↑ Pearce, Linda (22 November 2005). Love for her son drives Olympic medallist on. The Age. 24 June 2008.
- ↑ In our Spotlight: Oksana Chusovitina. International Gymnast (February 2001). Asl nusxadan arxivlandi (17 April 2001). 24 June 2008.
- ↑ Photo report on the Tashkent Training Center. Official Team UZB Web. Asl nusxadan arxivlandi (1 June 2000). 24 June 2008.
- ↑ Turner, Amanda (19 June 2008). Ageless Chusovitina Turns 33. International Gymnast. Asl nusxadan arxivlandi (20 August 2008). 24 June 2008.
- ↑ Our Stars. Ministry of Cultural and Sports Affairs of the Republic of Uzbekistan. Asl nusxadan arxivlandi (3 September 2006). 24 June 2008.
- ↑ IG Online interview: Oksana Chusovitina. International Gymnast (2001). Asl nusxadan arxivlandi (6 October 2001). 24 June 2008.
- ↑ For petite gymnast, burly wrestler, it was a match made at the Games. Associated Press (6 October 2002). Asl nusxadan arxivlandi (4 December 2008). 24 June 2008.
Havolalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Oksana Chusovitina haqida turkum mavjud |
- Oxana Chusovitina Xalqaro gimnastika federatsiyasida
- List of competitive results
- Chusovitina (Floor Exercise skills)
Andoza:Ayollar badiiy gimnastikasi boʻyicha Olimpiada chempionlari Andoza:Ayollar badiiy gimnastikasi boʻyicha jahon chempionlari Andoza:Ayollar badiiy gimnastikasi boʻyicha jahon chempionlari (juftlik)
|
|