Kontent qismiga oʻtish

Asad Toshtemirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Asad va familiyasi Toshtemirov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Asad Toshtemirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 16-fevral 2002-yil (2002-02-16) (23 yosh)
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport Para taekvondo
Murabbiy(lar)i Bobur Qoʻziyev

Asad Toshtemirov (2002-yil 16-fevralda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik para taekvondochi. 2018-yildan buyon para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari sovrindori, Jahon chempioni. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi.

2022-yilda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa Chempionatida -80 kg vazn toifasida kumush medal sovrindori boʻlgan.

2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida -80 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2023-yil Meksikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida -80 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1].

2024-yilning 16—21-may kunlari Vyetnamning Danang shahrida boʻlib oʻtgan para taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida +80 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻlgan.

Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga koʻra +80 kg vazn toifasida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Murabbiyi — Bobur Qoʻziyev.

2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan[2].