Kontent qismiga oʻtish

Sayfiddin Ermatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayfiddin Ermatov
Tavalludi 22-fevral 1953-yil (1953-02-22) (71 yosh)
Vafoti 14-avgust 2024-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Sayfiddin Gaziyevich Ermatov – 1953-yil 22-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Yoshlik davrida „Paxtakor“, „Spartak“ va „Avtomobilchi“ jamoalarida toʻp surgan[1]. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti.

Sayfiddin Ermatov yoshlik davrida „Paxtakor“, „Spartak“ va „Avtomobilchi“ jamoalarida top surgan. Shundan soʻng u „Paxtakor“ bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va futbol boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futbol boʻyicha saboq bergan. Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida ham ishlagan[2]. U 2022-yilda „Oʻzbekiston sport faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[3].

Sayfiddin Ermatov 2024-yil 14-avgustda vafot etdi[4][5][6].

  1. „Sayfiddin Ermatov vafot etdi“. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
  2. „Sayfiddin Ermatov“. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
  3. „O'zbekiston Sport faxriysi nishoni bilan taqdirlandi“. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
  4. „Sayfiddin Ermatov vafot etdi“. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
  5. „Sayfiddin Ermatov vafot etdi“. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
  6. „Sayfiddin Ermatov vafot etdi“. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.