Hakam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hakam (sportda) — sport musobaqasini nazorat qiluvchi, uning belgilangan qoidalar asosida oʻtishini taʼminlovchi, qatnashchi sportchilarning natijalarini baholovchi, uchra-shuv paytida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etuvchi, umuman musobaqaning aniq meʼyorlar asosida oʻtishiga masʼul shaxs. H.lar sport turlari musobaqalarida bajaradigan vazifalariga qarab quyidagicha nomlanadi: komissar, nazoratchi H., bosh H., katta H., ikkinchi H., yordamchi H., darvoza ortidagi H., uchrashuv sof vaqtini hisoblovchi H., toʻr oldidagi H., chiziqdagi H., kotib H. va h.k. Musobaqadan keyin tuzilgan H.lar qarori tashkilotchilar tomonidan yakuniy xulosa uchun qabul qilinadi. Baʼzi hollarda H.lar qaro-riga aniqlik kiritish uchun elektron uskuna koʻrsatkichlari, fototasvir va videoyozuvlardan foydalaniladi. H.lar xalqaro, milliy (respublika), 1, II va III toifalarga boʻlinadi.