Kontent qismiga oʻtish

Asliddin Xudoyberdiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asliddin Haqberdiyevich Xudoyberdiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 5-oktyabr 1972-yil (1972-10-05) (53 yosh)
Urgut tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR
Vazni 60 kg
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Klubi Markaziy harbiy sport klubi

Asliddin Haqberdiyevich Xudoyberdiyev (1972.5.10, Urgut tumani) — yunon-rum kurashchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi (1999). „Oʻzbekiston iftixori“ (2002). 60 kg vazn toifasida Oʻzbekiston chempioni (1992, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003). Markaziy Osiyo oʻyinlari gʻolibi (1995, Toshkent; 1999, Bishkek), Osiyo chempioni (2003, Dehli), Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi (1998, Bangkok), harbiylar oʻrtasida jahon chempionati va xalqaro musobaqalarda sovrindor boʻlgan. Xudoyberdiyev Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1994). 1995-yildan Markaziy harbiy sport klubida sport yoʻriqchisi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil