Raʼd surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ra'd surasidan yoʻnaltirildi)
Ibrohim    13–sura   Yusuf
Raʼd surasi — سورة الرعد
Qurʼon nusxalaridan biridagi Raʼd surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 43, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 13, qora rangda - Raʼd surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 96, 3. Rukuʼsi soni - 6; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:13, 3. Nozil boʻlish tartibi:96, 4. Rukuʼsi:6, 5. Oyati:43, 6. Porasi (Juzi):13 deb koʻrsatilgan.
Sura13.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Momaqaldiroq[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 249–255[4]
Juz 13
Sura raqami 13
Oyatlar soni 43
Sajda oyati 15-oyat[5]
Rukuʼlar soni 6[6]
Muqattaot harflari Alif, lom, mim, ro.[7]
Soʻzlar soni 854
Harflar soni 3450
Nozil boʻlish tartibi 96[8]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tilovat tartibi
Ibrohim surasi  Keyingisi 13 Oldingisi  Yusuf surasi
Nozil boʻlish tartibi
!   Keyingisi 96 Oldingisi  Muhammad surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Raʼd surasi (arab. سورة الرعد, nomining maʼnosi — Momaqaldiroq[9][10]) — Qurʼonning 13-surasi. Madaniy suralardan biri, 43 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 249–255[11]-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 96-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi[tahrir]

Bu sura boshlab, Alloh taoloning borligi va birligiga iymon keltirish masalasini oʻrtaga tashlab, soʻng qayta tirilish va hayoti dunyoda qilib oʻtilgan har bir yomon-yaxshi amal uchun qiyomat kunida jazo-mukofot boʻlishi haqida xabar qiladigan oyatlar bilan davom etadi. Unda haqiqat bilan botil toʻgʻrisida ikki ibratli masal keltiriladi.

Birinchisi, jilgʻalarni toʻldirib oqib kelayotgan yomgʻir suvi haqiqatga, suv ustidagi koʻpik esa botilga tashbeh qilinsa, ikkinchisida, har qanday yerosti maʼdanlari ham eritilganida ulardan sof qimmatbaho maʼdan bilan birga ularga aralashib qolgan oddiy toshlar ham chiqishi aytilib, sof maʼdan haqiqatga, chiqindilar esa botilga oʻxshatiladi. Mana shunga oʻxshash ibratli misollarni oʻziga jo qilgan bu surada yana momaqaldiroq haqida zikr qilinib, hatto u ham Alloh taologa tasbeh aytib, u zotni poklab turishi bayon qilinadiki, bu suraning „Raʼd-momaqaldiroq“ deb nomlanishining sababi shudir.

Bizning nazarimizda, bu ulugʻ sura toʻlasicha ham bir dahshatli momaqaldiroqqa oʻxshaydi. U momaqaldiroq moʻminlarni yomgʻirga — Allohning rahmatiga umidvor qilsa, kofirlarni chaqmoq urishidan — Allohning azobiga duchor boʻlishdan qoʻrquvga soladi.

Manbalar[tahrir]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
  6. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  7. Qurʼondan koʻrilgan.
  8. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  9. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  10. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  11. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Ibrohim surasi Wikisource-logo.svg 13-sura — arabcha matni Oldingisi: Yusuf surasi