Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birlashgan Qirollik–Oʻzbekiston munosabatlari

Buyuk Britaniya

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlariOʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Qirollik oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik 1993-yil noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning Birlashgan Qirollikka qilgan tashrifi chogʻida imzolangan „Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida“, „Kapital qoʻyilmalar sarflanishini ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish haqida“ hamda „Ikki yoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida“gi shartnomalarga asoslanadi.

1996-yil yakunlariga koʻra Birlashgan Qirollik Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi boʻyicha 2oʻrinda turadi (Olmoniyadan keyin). Oʻzbekistondan Birlashgan Qirollikga paxta tolasi, qimmatbaho toshlar, qora metallar, volfram va ulardan yasalgan buyumlar yuborilsa, Birlashgan Qirollikdan mexanik va elektr asbobuskunalar, qandshakar va qandolat mahsulotlari, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, mineral yoqilgʻi, farmatsevtika mahsulotlari, shu jumladan dori-darmon, qogʻoz va karton, mebel, optik priborlar va apparatlar, tamaki, sut mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, noorganik kimyo mahsulotlari va boshqa keltiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yilda jahon paxta savdosi meʼyorlari va qoidalarini muvofiqlashtirib turadigan muhim nohukumat tashkiloti — Liverpul paxta uyushmasiga aʼzo boʻldi. Oʻzbekiston shu uyushma bilan birgalikda mamlakatimizda paxtani sertifikatsiyalashning xalqaro tizimini joriy etish boʻyicha ish olib bordi.

Keyingi yillarda ikkala mamlakatning turli darajalardagi delegatsiyalari oʻzaro tashriflari natijasida hamkorlik tobora yaxshilana bordi. 1994-yil 14-oktabrda Londondagi asil metallar bozori uyushmasi Zarafshon affinaj (oltin tozalash) zavodiga eng maqbul oltin quymalar maqomini tasdiqlovchi sertifikat berdi, bu esa Oʻzbekistonning tamgʻasi butun dunyoda eng yuqori sifat belgisi ekanini biddiradi. 1996-yil oktabrda esa mazkur uyushma huzurida yuqori sifatli kumush quymalar ishlab chiqaruvchi Olmaliq konmetallurgiya kombinati vakolatxonasi rasmiylashtirildi.

1997-yil 4—12-oktabr kunlari Toshkentda „Britaniya festivali“ oʻtkazildi. Festival dasturi doirasida Birlashgan Qirollikning 30 ga yaqin kompaniyasi mahsulotlari koʻrgazmasi, „Britaniya qirollari xonadoni merosi“ koʻrgazmasi, toʻqimachilik mashina uskunalari va meʼmorlikka bagʻishlangan seminar oʻtkazildi, Birlashgan Qirollik filmlari namoyish qilindi va h.k.

Oʻzbekiston—Britaniya savdo va sanoat kengashining majlislari muntazam ravishda oʻtkazilib turibdi. Bu majlislarda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari, savdo-sotiq, iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Ayrim yirik firma, kompaniya va banklar oʻrtasidagi hamkorlik ham rivojlangan. „British Eyrveyz“ kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan 1992-yil 31 dekabrdan boshlab „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ millim aviatsiya kompaniyasining samolyotlari haftasiga 4 marta Londonga qatnab turibdi.

1994-yilda „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviatsiya kompaniyasi Birlashgan Qirollik transport departamenti bilan kelishib, Toshkent—Manchester—Toshkent oʻrtasida muntazam reyslar bajarish huquqini oldi.

„Oʻzyogʻmoytamakisanoat“ uyushmasi xorijiy sarmoya yordamida oʻz ishxonalarini yangilab va taʼmirlab, jahon andozalari darajasiga yetkazish maqsadida „Kraun“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga binoan Qoʻqon yogʻmoy kombinatini ingliz sarmoyasi hisobiga qayta qurib, asbobuskunalarini zamonaviylashtirishga kirishildi.

Oʻzbekistonda tamaki sanoatini rivojlantirish uchun tamaki bargi yetishtirish, uni qayta ishlash va sigareta ishlab chiqarish boʻyicha „British Ameriken Tobakko“ kompaniyasi bilan birlashgan ishxona barpo etish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq 232 mln. AQSH dollari miqsoridagi mablagʻ sarflandi. Bu mablagʻ asosan Toshkent tamaki fkasini, Urgut tamaki fermentatsiyasi fkasini rekonstruksiyalash va modernizatsiyalashga, Samarqand tamaki fkasini qurishga, ijtimoiy tadbirlarga va mutaxassislar tayyorlashgaishlatildi. Toshkent tamaki fkasida „Saraton“ va „Xon“ sigaretalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

1996-yil oxirida Surxondaryo viloyatining Xandiz konida rangli metallarni qidirish haqida „Oxus Resonrses Corporation“ korporashyasi bilan dastlabki bitim imzolandi. Bitimga koʻra, Birlashgan Qirollik firmasi yil davomida oʻz mablagʻi hisobidan konni uzilkesil oʻrganishi, rangli metallarni kompleks qazib olishni tashkil etishga oid texnikaviyiqtisodiy asoslamalarni tayyorlashi, soʻngra taxminan 100—150 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan loyiha asosida qoʻrgʻoshin, pyx, mis, kumush qazib chiqaradigan birlashgan ishxona barpo etishi lozim. 1997-yilning 10-iyulida Birlashgan Qirollikning mazkur korporatsiyasi bilan Navoiy viloyatidagi Aristantov va Balpantov konlarini oʻrganib, aniklash toʻgʻrisida ham dastlabki bitim imzolandi. Oʻzbekiston gʻarbiy qismida geol. maʼlumotlarini birgalikda oʻrganish borasida ham hamkorlik oʻrnatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida „Meredit Jons“ kompaniyasi bilan paxta seleksiyasi, uni yetishtirish va qayta ishlashning ilgʻor usullari asosida ishlaydigan agrofirma barpo etish rejasi mavjud. Fargʻona viloyati Yozyovon tumanining 11 xoʻjaligini oʻz ichiga oladigan bu firma paxta hosildorligini koʻpaytirishga, tola sifatini oshirishga va tuproq unumdorligini yaxshilashga olib borishi lozim.

„Oʻzbektelekom“ konserni „Jeneral Plassi Telekommunikeyshnz“ („JiPiTi“) kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent uchun zamonaviy raqamli aloqani tashkil etuvchi „Buzton“ birlashgan ishxonasini barpo qildi. Bu loyiha muassislar mablagʻi, shuningdek eksport kreditlarni kafolatlash departamenti sugʻurtasi asosida olingan kredit hisobidan taʼminlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Birlashgan Qirollikning 5 ta banki bilan va xorijiy banklarning Londondagi 11 ta boʻlimi bilan vakillik munosabatlari oʻrnatdi. „Barklayz Bank“ tijorat toʻlovlari boʻyicha asosiy vakil hisoblanadi. Navoiy viloyatidagi oltin konini oʻzlashtirish boʻyicha „Zarafshon Newmont “ loyihasi amalga oshirilishi Milliy bank bilan „Barklayz Bank“ birlashgan faoliyatining yoʻnalishlaridan biri boʻldi. „Barklayz Bank“ 161 mln. fransuz franki (salkam 32 mln. AQSH dollari miqdoridagi) kreditni „Sosyete Jeneral“ banki bilan birgalikda yangi „Metropol“ mehmonxonasi qurilishi uchun 10 yil mudsatga, ikkinchi kreditni 1,7 mln. AQSH dollari miqaorida Toshkent toʻqimachilik kombinatiga Birlashgan Qirollikning „Krosrol“ firmasi yuboradigan asbobuskunalar haqini toʻlash uchun berdi.

Toshkent shahri hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasi „Handy Hayl“ firmasi bilan birgalikda diplomatiya korpusi xodimlari, xorijiy firmalarning vakillari yashaydigan 22 ta 2 qavatli kottej qurishni moʻljallagan. Bu yerda kichik supermarket, kafe, bar, 2 ta tennis korti qurildi.

Oʻzbekiston Respublikasida Birlashgan Qirollik sarmoyasi ishtirokidagi 115 ta ishxona mavjud, shundan 34 tasida ingliz kapitali 100% ni tashkil etadi. Birlashgan Qirollikning 36 ta firmasi vakolatxonasi rasmiylashtirilgan.

Birlashgan Qirollik elchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BERGNE, (Alexander) Paul (A’Court)“. Who's Who 2007. A & C Black (2007). Qaraldi: 18-oktabr 2008-yil.
  2. „HAY, Barbara Logan“. Who's Who 2008. A & C Black (2008). Qaraldi: 18-oktabr 2008-yil.
  3. „INGHAM, Christopher John“. Who's Who 2008. A & C Black (2008). Qaraldi: 18-oktabr 2008-yil.
  4. „MORAN, David John“. Who's Who 2008. A & C Black (2008). Qaraldi: 18-oktabr 2008-yil.
  5. „KELLY, Iain Charles MacDonald“. Who's Who 2013. A & C Black (2013). Qaraldi: 5-yanvar 2013-yil.
  6. „JOY, Rupert Hamilton Neville“. Who's Who 2013. A & C Black (2013). Qaraldi: 5-yanvar 2013-yil.
  7. „Our Ambassador“. 17-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2013-yil.
  8. „Change of Her Majesty's Ambassador to Uzbekistan“. Foreign & Commonwealth Office (10-aprel 2015-yil).
  9. „Uzbek FM receives newly appointed British envoy“. Mongolia News Net (28-oktabr 2015-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2020-yil. (Wayback Machine saytida 4-mart 2016-yil sanasida arxivlangan)
  10. „Change of Her Majesty's Ambassador to Uzbekistan - Summer 2019“ (6-sentabr 2018-yil).
  11. https://uz.sputniknews.ru/20191009/Said-Rustamov-naznachen-novym-poslom-Uzbekistana-v-Velikobritanii-12580826.html