Oʻzbekiston — Malayziya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2006-056.jpg

Oʻzbekiston — Malayziya munosabatlari — Iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun avvalo huquqiy negiz yaratildi. 1992 yil iyunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Malayziyaga tashrifi vaqtida „Madaniy va ilmiy hamkorlik“, „Iktisodiy va texnikaviy hamkorlik“ toʻgʻrisida bitimlar imzolandi. 1993 yil mart—aprel oylarida M. bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi yakunida ham bir qancha hujjatlar qabul etildi. Natijada ikkala mamlakat oʻrtasida tovar ayirboshlashga kirishildi. 1999 yilda tovar aylanmasi 4,9 mln. AKSH dollarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi da malayziyalik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan 10 ta qoʻshma korxona mavjud. „Otel Oʻzbekiston“, „OʻzMalOyl“ (neft konlarini ishlatish), „OʻzMakom“ (telefon xizmati), „Oʻzbeklizing Interneyshnl“ (kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllabquvvatlash) ularning eng yiriklaridir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil