Oʻzbekiston — Shveysariya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Switzerland Uzbekistan Locator (cropped).png

Oʻzbekiston — Shveysariya munosabatlariOʻzbekiston bilan Shveysariya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach (1992), 1993 yil maydan Toshkentda Shveysariya elchixonasi faoliyat yurita boshladi. Savdoiqtisodiy qamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan hukumatlararo bitimga muvofiq, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdoda qulay shartsharoitlarni vujudga keltirish tartibi belgilandi. Savdoiqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Shveysariya hukumatlararo komissiyasi ishlamoqda. 2003 yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 217,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasi dan Shveysariyaga paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, xizmat va boshqalar eksport qilinadi. Shveysariyadan elektr va mexanik jihozlar, farmatsevtika mahsulotlari va boshqalar keltiriladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik tufayli Oʻzbekiston Respublikasi da Shveysariya sarmoyasi ishtirokida 77 korxona barpo etilgan. Ular orasida 57 qoʻshma korxona, Shveysariya sarmoyasi 100% boʻlgan 20 korxona bor. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Shveysariyaning 33 firma va kompaniyasi vakolatxonalari roʻyxatga olingan. 1995 yildan Toshkentda "Kredi Sviss" banki vakolatxonasi ishlamoqda. 1995 yil yanv.dan Shveysariyaning Altendorf shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Savdo koʻrgazma markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 2002 yildan Shveysariya elchixonasi huzurida hamkorlik boʻyicha Shveysariya byurosi ishlamoqda. U ijtimoiyiqtisodiy yoʻnalish boʻyicha birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish bilan shugullanadi. Ikki mamlakat oʻrtasida astronomiya, fizika, biofizika, genetika, biokimyo, tarix, tibbiyot, ekologiya boʻyicha ilmiy loyihalar hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Uni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, Oʻzbekiston milliy unti, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ilmiy ishlab chiqarish markazi, shuningdek, Bern, Jeneva, Syurix, Davos, Lozanna untlari ishtirok etmoqda. Samarqand unti bilan Syurix, Bazeldagi untlar oʻrtasida gumanitar va tabiiy fanlar masalalari boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. 1999 yildan Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston—Shveysariya" doʻstlik jamiyati ishlamoqda.

Manbalar[tahrir]