Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari
Oʻzbekiston va Turkiya

Oʻzbekiston

Turkiya

Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari. Turkiya Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992-yil aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yil yanvarda esa OʻzR ning Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda OʻzR ning Bosh konsulxonasi ochildi.

OʻzR Prezidenti I. A. Karimov 1991 yil dek., 1994 yil iyun va 1997 yil noyab.da rasmiy tashrif bilan T.da boʻldi. 1998 yil okt.da T. Respublikasining 75 yilligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, T. Prezidentlari T. Oʻzal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasida "Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil sentabrda Turkiya Prezidenti Ahmet Necdet Sezer bilan BMTning "Ming yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003 yilda T. Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002 yil Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida T.ning ulushi 4% ni tashkil etadi. T. Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan "KosonsoyTekmen" qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda T.ning "AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam" firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida T. sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida "SamKochavto" (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa), "SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. T.da oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun T. 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va T. oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991 yil 19 dek.), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993 yil 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995 yil 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda.

1993 yil T.da Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 i. okt.da 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarkand shaharlarida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent unti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda "Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.

Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan T.ning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda T. ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]