Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari — 1996 yil Italiyaning Florensiya sh.da tuzilgan "Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik haqida bitim" Oʻzbekiston bilan Luksemburgning savdo-iqtisodiy munosabatlari uchun ham huquqiy negiz yaratdi. 1997 yil iyulda Luksemburgda ikkala davlat oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va sarmoyadan soliq toʻlashdan boʻyin tovlanishining oldini olish qaqida konvensiya imzolandi. 1998 yil aprelda Oʻzbekiston bilan Belgiya—Luksemburg Iqtisodiy Ittifoqi oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimga imzo qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Luksemburg oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000 yilda 0,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasida Luksemburgning transport xizmati koʻrsatuvchi "Astros S.A." firmasining vakolatxonasi mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil