Oʻzbekiston — Shimoliy Koreya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

OʻzbekistonKXDR aloqalari. 1994 yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi bilan KXDR oʻrtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid huquqiy negizni yaratish sohasidagi ish davom etayotir. 1995 yilda oʻzbek va koreys tomonlari "Havo qatnovi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim" va "Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik haqida bitim" deb atalgan hujjatlarni kelishib oldilar.

Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-sotiq yoʻlga qoʻyila boshladi. Tovar aylanmasi 1998 yil dagi 2,3 mln. AQSH dollaridan 1999 yilda 6,7 mln. dollarga yetdi. Oʻzbekiston Respublikasida KXDR sarmoyasi ishtirokida 2 ta shoʻʼba korxona va 2 ta qoʻshma korxona roʻyxatga olingan. Chunonchi, "Rinrado", "K. U. Rinrado", "Choson-Sik-reksul" va "Safar" korxonalari xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish, harid qilish va sotish bilan shugʻullanadi.