Oʻzbekiston — Ruminiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston — Ruminiya munosabatlari — 1994-yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ruminiya oʻrtasida "Savdo iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida" imzolangan bitim va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1996-yil Ruminiyaga qilgan rasmiy tashrifi vaqtida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik uchun huquqiy asos yaratdi. Oʻzbekiston R.ga paxta tolasi, gazlama, kalava ip va turli xizmatlar eksport kiladi. Ruminiya esa plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, moy va oʻsimlik yogʻi, doridarmonlar yuboradi. Endilikda mamlakatlarimiz oʻrtasida paxtani qayta ishlash, toʻqimachilik, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash, neft va gaz sanoati sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki R.ning bir qancha yetakchi banklari bilan sheriklik munosabatlari oʻrnatgan. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi uskunalar yetkazib berish haqida Ruminiya kompaniyalari bilan bitimlar tuzgan. Ruminiya sarmoyasi ishtirokidagi spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan "Afsar Kompani" qoʻshma korxonasi barpo etilgan. Oʻzbekiston — P. hukumatlararo iqgisodiy kengashi samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 2002-yil yakuniga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 5,4 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Har ikki davlatning TRASEKA transport yoʻlagini barpo etish dasturi doirasidagi hamkorligi muhimdir. Ruminiya Prezidenti Ion Iliyeskuning 2003-yil aprelda Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida turizm sohasida hamkorlik qilish haqida hamda ikkala mamlakatning diplomatik va xizmat pasportlari boʻlgan fuqarolariga vizalarni bekor qilish toʻgʻrisida konsullik konvensiyasi kabi yangi hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ruminiya BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, NATO kabi tashkilotlar doirasida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, qurolyarogʻ va narkotik moddalar kontrabandasi, milliy, mintaqaviy xavfsizlikka taxlika soladigan boshqa xavfxatarlarga qarshi birgalikda kurashish haqida kelishib olgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil