Oʻzbekiston — Mongoliya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

OʻzbekistonMongoliya munosabatlari — 1977 yildan 1994 yilgacha Toshkentda Mongoliyaning Bosh konsulxonasi ishladi, Mongoliyaning moliyaviy ahvoli yomonlashuvi munosabati bilan Bosh konsulxona yopib qoʻyildi. Xoz. paytda ikkala mamlakat oʻrtasidagi diplomatiya munosabatlari Mongoliyaning Qozogʻiston Respublikasidagi elchixonasi orqali amalga oshirilmoqda. 1996 yil 11–13 fevral kunlari Mongoliya delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi ga tashrif buyurdi, Oʻzbekiston va Mongoliya tashki ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar haqida bayonnoma imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Mongoliya oʻrtasida ozroq hajmda boʻlsada, savdosotiq yoʻlga qoʻyilgan. 1998 yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,8 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. 1999–2002 yillarda ham tovar ayirboshlash davom etdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil