Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari — Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996-yildan bir muncha osha boshladi. 1998-yilda Oʻzbekistonning Kanadaga eksporti xizmat koʻrsa-tish, qora metall va undan yasalgan buyumlarni yuborishdan iborat boʻldi. Oʻzbekiston Kanadadan elektr asbob-uskunalari, plastmassa, oyna, poligrafiya sanoati mahsulotlari, sut, goʻsht va baliq mahsulotlari sotib oldi. 1999 yil yakuni boʻyicha mamlakatlar oʻrtasidagi tovar aylanma 15,68 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistondan Kanadaga eksport keskin oʻsib, ijobiy saldo 6,77 mln. AQSH dollariga yetdi. 1999 yil 17 iyunda ikkala mamlakat hukumatlari oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va sarmoya soligʻi toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish haqida konvensiya imzolandi.

Kanadaning turli kompaniya va notijorat tashkilotlari Oʻzbekistonning mineral xom ashyo va neft-gaz konlarini ishga tushirishda qatnashishga gʻoyat qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi Tandir maydonini geologik jihatdan birgalikda oʻrganish toʻgʻrisida 1998 yil oktabrda Oʻzbekiston Geol. va mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan "Xebron Fiord Resourses Ink" kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada Kanada tomoni salkam 4,5 mln. AQSH dollari sarflashi koʻzda tutilgan. Kompaniya mutaxassislari belgilangan ish dasturini bajarishga kirishdi. Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi Kanadaning "Pratt end Uitni" kompaniyasi bilan Ilyushin Il-114 samolyotlari uchun PW-127 dvigatellarini yetkazib berish sohasida bevosita hamkorlik qila boshladi. Oʻzbekiston aloka va axborotlashtirish agentligi Kanadaning "Nortel Telekom" kompaniyasi bilan 1993-yildan buyen hamkorlik qilib kelayotir. Keyingi 8 yil mobaynida ushbu kompaniya bilan jami 29 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan 8 ta shartnoma amalga oshirilib, OʻzbekistonAmerika "Oʻzdunrobita" qoʻshma korxonasi uchun asbob-uskunalar yetkazib berildi.

OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Kanadaning bir qancha moliya muassasalari bilan aloqa oʻrnatgan. Ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va texnika sohasida, jumladan, bir-birlariga talabalar, aspirantlar, oʻqituvchilar va mutaxassislar yuborish, ularning malakasini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. OʻzRda 2000 yil boshlarida Kanadalik sarmoyadorlar ishtirokidagi 13 korxona roʻyxatga olingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil