Oʻzbekiston — Moldova munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston — Moldova munosabatlari — Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Moldova oʻrtasida Doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida, Erkin savdo, Ikkiyoklama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik, Xalqaro avtomobil qatnovi, Moliyasanoat guruxlari tuzish qoidalari, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, Savdo-iqtisodiy hamkorlik qoidalari toʻgʻrisida shartnomalar tuzilgan. Koʻp tomonlama hamkorlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston — Moldova qoʻshma komissiyasi ishlab turibdi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000 yildagi 4,2 mln. AQSH dollaridan 2001 yilda 7,7 mln. dollarga yetdi. Oʻzbekiston Respublikasi da Moldova sarmoyasi ishtirokidagi 1 korxona roʻyxatga olingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil