Toʻxtapoʻlat Risqiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Risqiyev Toʻxtapoʻlat Tursunovich (1944.3.11, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), texnika fanlari doktori (1993). ToshDUni tugatgan (1970). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ishlagan (197072). Fizikatexnika institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, direktor oʻrinbosari (197292). Oʻzbekiston Resublikasi Fan va texnika davlat komiteti raisining birinchi oʻrinbosari (1992—93, 1994—97). Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining fan, taʼlim va ijtimoiy muammolar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi (1993—94, 1997—2003). 2003 yildan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda yuqori konsentratsiyalashtirilgan quyosh energiyasidan foydalangan hodda xususiyatlari oldindan belgilangan yangi materiallarni yaratish texnologiyalariga oid.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil